Çørə bøzə. Məjdə hikəjələr toplamь (Mayda hikoyalar to‘plami)

Çørə bøzə. Məjdə hikəjələr toplamь (Mayda hikoyalar to‘plami)

G‘afur G‘ulomning mayda hikoyalar to‘plami (O‘znashr, Toshkent – Boku, 1931); kitobda muallifning surati bor.

Titulda: “Ƣafur Ƣulam. Çørə bøzə (Məjdə hikəjələr toplamь). Өblozka: Iskəndərniki. ӨZNƏŞR, Taşkent – 1931 – Baku”. Titul yonidagi betda O‘zbekiston davlat nashriyotida yaqinda chiqqan asarlar ro‘yxati (A. Ibrohimov, A. Validiy, Ergash, Sh. Sulaymon va boshqalar), keyingi betda G‘afur G‘ulomning surati berilgan. Bosmaxona: Boku, Azpoligrafning “III Internatsional” matbaasi; tiraji 5000. Titulda qalam bilan “110” raqami. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0340
Turi
kitob
Janri
Badiiy nasr – hikoyalar to‘plami
Asl nomi
Ƣafur Ƣulam. Çørə bøzə (Məjdə hikəjələr toplamь). ӨZNƏŞR, Taşkent – 1931 – Baku (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
G‘afur G‘ulom (titulda: Ƣafur Ƣulam)
Nashr joyi
Toshkent – Boku
Nashriyot
O‘znashr
Yili
1931
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Boku, Azpoligrafning “III Internatsional” matbaasi; tiraj 5000
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Soni
1
Holati
Yaxshi

Bogʻliq eksponatlar: Jigit (Yigit). Kulgi hikoyalar to‘plami, Acьlƣan sirlər (Ochilgan sirlar). Kulgi hikoyalar, Egələri egəlləgəndə (Egalari egallaganda). Doston, Netəj (Netay). Hikoya

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali