Egələri egəlləgəndə (Egalari egallaganda). Doston
G‘afur G‘ulomning “Egalari egallaganda” dostoni (O‘znashr, Toshkent – Boku, 1931).
Muqovada “Ƣafur Ƣulam. Egələri egəlləgəndə. ӨZNƏŞR – 1931”, titulda “Dastan” deb yozilgan. Orqa muqovada ruscha: “Гафур Гулям. Эгяляри эгяллягянда (поэмы). Узбекское государственное издательство, Ташкент – 1931 – Баку”, narxi 50 tiyin. Titulda qalam bilan “109” raqami yozilgan. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0334
- Turi
- kitob
- Janri
- She’riyat – doston
- Asl nomi
- Ƣafur Ƣulam. Egələri egəlləgəndə. Dastan. ӨZNƏŞR. Taşkent – 1931 – Baku (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- G‘afur G‘ulom (titulda: Ƣafur Ƣulam)
- Nashr joyi
- Toshkent – Boku
- Nashriyot
- O‘znashr (Узбекское государственное издательство)
- Yili
- 1931
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Soni
- 1
- Holati
- Yaxshi
Bogʻliq eksponatlar: Jigit (Yigit). Kulgi hikoyalar to‘plami, Acьlƣan sirlər (Ochilgan sirlar). Kulgi hikoyalar, Çørə bøzə. Məjdə hikəjələr toplamь (Mayda hikoyalar to‘plami), Netəj (Netay). Hikoya
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.