Acьlƣan sirlər (Ochilgan sirlar). Kulgi hikoyalar

Acьlƣan sirlər (Ochilgan sirlar). Kulgi hikoyalar

G‘afur G‘ulomning beshta kulgi hikoyasidan iborat “Ochilgan sirlar” kitobi (O‘znashr, Toshkent – Boku, 1932).

Muqova va titulda muallif ismi “Ƣulam Ƣafur” tartibida yozilgan; titulda: “Өblozka: Iskəndərnik”. Mundarija: “Sirli o‘lik” (3-bet), “Ajьrbaş” (11), “Sayyoh” (20), “Pirzodaning nikoh to‘yi” (38), “Talvasa” (46). Matn 54-betda tugaydi, undan keyin mundarija va O‘zbekiston davlat nashriyotida yaqinda chiqqan kitoblar ro‘yxati berilgan. Siyosiy muharriri – T. Sa’diy, adabiy muharriri – G‘ulom Xo‘jayev. Kitob Bokuda bosilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0332
Turi
kitob
Janri
Badiiy nasr – kulgi hikoyalar to‘plami
Asl nomi
Ƣulam Ƣafur. ACЬLƢAN SIRLƏR. Kylgi hikəjələr. Өblozka: Iskəndərnik. ӨZNƏŞR. Taşkent—1932—Baku (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
G‘afur G‘ulom (muqova va titulda: Ƣulam Ƣafur)
Nashr joyi
Toshkent – Boku
Nashriyot
O‘znashr (Госиздат Уз. ССР)
Yili
1932
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Boku, Azpoligrafning “Qizil Sharq” matbaasi (Karantinniy, 84); Bosh matbuot mudirligi № 757; St.-form. B-6; buyurtma № 1102/1483/1514; tiraj 5000; narxi 30 tiyin
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Hajmi
54 bet (matnning oxirgi beti bo‘yicha), so‘ng mundarija va e’lon
Muzeydagi belgilar
Muqovada “207” raqamli yorliq (chetidan qirqilgan); titulda qalamda “108”

Bogʻliq eksponatlar: Jigit (Yigit). Kulgi hikoyalar to‘plami

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali