Jaş jazucь-zurnalьstlar əlifbesi (Yosh yozuvchi-jurnalistlar alifbesi)
Anqaboyning yosh yozuvchi va jurnalistlar uchun adabiyot va yozuvchilik asoslariga oid qo‘llanmasi (O‘znashr, Toshkent, 1931).
Muqovada shior: “Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!”. Kitobning “Adabiyot” bo‘limi mavzulari (5-bet): adabiyotga umumiy qarash; bizda proletariat adabiyoti bormi; proletariat yozuvchilari; o‘zbek proletar yozuvchilari; o‘zbek millatchi burjuaziya yozuvchilari; o‘zbek adabiyotida poputchiklar va o‘ng poputchiklar; umidli havaskor yoshlarimiz; adabiyot oqimlari; yozuvchilar necha xil bo‘ladi; yozuvchining asosiy xususiyatlari; so‘zga boy bo‘lish kerak; yangi va eski so‘zlar; yozuvchi nimani ko‘zlaydi; internatsional so‘zlar; o‘zbekcha va yot so‘zlar va boshqalar. 62–63-betlarda hikoya yozish texnikasi va hikoyaga sarlavha qo‘yish haqida so‘z boradi. Orqa muqovada O‘znashrning yangi kitoblari ro‘yxati (yettita kitob, tiraji va narxi bilan) berilgan. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0330
- Turi
- kitob – qo‘llanma
- Janri
- Adabiyotshunoslik – yosh yozuvchilar uchun qo‘llanma
- Asl nomi
- Bytyn dunja proletarlarь, birləşiniz! ANQABAJ. JAŞ JAZUCЬ-ƵURNALЬSTLAR ƏLIFBESI. ӨZNƏŞR 1931 TAŞKENT (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Anqaboy (muqovada: Anqabaj; muzeyning eski ro‘yxatida: Anqaboy Xudoybaxtov)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘znashr
- Yili
- 1931
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada qo‘lda “A/143”
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.