Pajgə (Poyga). She’rlar

Pajgə (Poyga). She’rlar

Hamid Olimjonning uchta she’rdan iborat “Poyga” kitobi (O‘znashr, Toshkent – Samarqand, 1932).

Kitob Moskvadagi Stalin nomli AMO yuk avtomobillari zavodiga bag‘ishlangan (bag‘ishlov: “Məskəvdə ortaq Stalin namьdaqь (AMO) jyk aftamabьllarь gigantigə baqьşlanadьr”). Mundarija: “Tarix ko‘rganmi” (5-bet), “Nima bizga Amerika” (13-bet), “Mustaqillik bizga berilgan” (20-bet). Siyosiy muharrir – Oydin, adabiy muharrir – V. Muhammadiy. Muqova rasmi “M. F.” imzosi bilan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0331
Turi
kitob
Janri
She’riyat (to‘plam)
Asl nomi
Bytyn dunja pьroletarlarь, birləşiniz! HƏMID ALЬMÇAN. PAJGƏ. Şi’rlər. ӨZNƏŞR 1932 TAŞKENT SAMARQAND (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Hamid Olimjon (titulda: Həmid Alьmçan)
Nashr joyi
Toshkent – Samarqand
Nashriyot
O‘znashr (Государственное издательство УзССР)
Yili
1932 (ishlab chiqarishga 1932-yil 10-martda topshirilgan, bosishga 2-aprelda imzolangan)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Samarqand, Uzpoligrafbirlashmasining 3-tipografiyasi (Frunze ko‘chasi, 66); buyurtma № 814/79; Бб—125×176, 1 bosma taboq; Узлит № 136; tiraj 5000; narxi 35 tiyin
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “156” raqamli yorliq; titulda qalamda “17” va “156”

Bogʻliq eksponatlar: Olov sochlar. She’rlar. II

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali