Orta məktəв ədəвijat dərsləri ycyn jardamcь məteriallər (O‘rta maktab adabiyot darslari uchun yordamchi materiallar)
Professor A. Sa’diy va Porso Shamsiyning o‘rta maktab adabiyot darslari uchun yordamchi materiallar majmuasi (O‘zSSR Davlat nashriyoti, Toshkent, 1933).
Ruscha orqa muqovada: «Проф. А. Саади и П. Шамси. Пособие по урокам литературы». Kitob olti bo‘limdan iborat: “Bolshevik matbuoti”; partiya tashkiloti va partiyaviy adabiyot; “Burjua-jadid adabiyoti” (Behbudiyning “Padarkush” pyesasi, Tavalloning she’rlari, Mo‘minjonning “Eski maktab turmushi” hikoyasi va boshqalar); “O‘tmish feodalizm davridan tasvirlar” (“Mehrobdan chayon” romanidan parchalar); “Lenin milliy siyosati va milliy madaniyat”; “Sho‘ro adabiy harakati va adabiyotda magnitstroy” (M. Gorkiy va boshqalar). Bo‘limlarda badiiy matnlar bilan birga yordamchi ma’lumotlar berilgan, kitob oxirida umumiy yakunlash topshiriqlari bor. Matn 248-betda tugaydi, so‘ng mundarija.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0333
- Turi
- kitob – o‘quv qo‘llanma
- Janri
- O‘quv qo‘llanma – adabiyot darslari uchun xrestomatiya
- Asl nomi
- Professor: Ə. Sə’dii. Parsa Şəmsii. Orta məktəв ədəвijat dərsləri ycyn Jardamcь məteriallər. Өz SŞÇ Dəvlət nəşrьjatь. TAŞKENT — 1933 jьl (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Professor A. Sa’diy (Abdurahmon Sa’diy), Porso Shamsiy (titulda: Professor Ə. Sə’dii, Parsa Şəmsii)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘zSSR Davlat nashriyoti (Госиздат УзССР)
- Yili
- 1933
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Narxi 3 so‘m
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Hajmi
- 248 bet (matnning oxirgi beti bo‘yicha), so‘ng mundarija
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “146” raqamli yorliq; orqa muqovada qo‘lda “23” va qizil siyohda “15”; muqova ichiga yopishtirilgan qog‘ozda ko‘k siyohda: «35 Адабиёт дарслари учун ёрдамчи материаллар Профессор А. Саъди … Шамси 1933» (oxirgi raqam ustidan tuzatilgan), ustida qalamda «Ўрта мактаб», yonida “23”; sahifalar orasida qog‘oz xatcho‘plar
Bogʻliq eksponatlar: پەن تەربیە ساباقلاری (Pan tarbiya saboqlari). Уроки педагогики
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.