پەن تەربیە ساباقلاری (Pan tarbiya saboqlari). Уроки педагогики
A. Sa’diy yozgan, Elbek qayta ishlagan pedagogika darsligi, o‘zbek tilida (Turkiston davlat nashriyoti, Toshkent, 1921–1922).
Titulda: “Sotsializm asosiga qurulg‘on Turkiston Sho‘rolar Jumhuriyati. Butun dunyo mehnatkashlari birlashingiz! Yozg‘uchisi: A. Sa’diy. O‘zgartguvchisi: Elbek. Pan tarbiya saboqlari.” Ruscha sarlavhasi: «Уроки педагогики (на узбекском языке)». O‘zbekcha nashr qaydida 1921-yil, ruschasida 1922-yil ko‘rsatilgan. Matn 64-betda “Tamom” so‘zi bilan tugaydi. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0317
- Turi
- kitob – darslik
- Janri
- Pedagogika – darslik
- Asl nomi
- یازغوچیسی: ع. سەعدی ‖ ئوزگەرتگوچیسی: ئیلبیك. پەن تەربیە ساباقلاری. УРОКИ ПЕДАГОГИКИ (На узбекском языке). ناشری: تورکستان دەولەت نەشریاتی. تاشکەنت، ۱۹۲۱ یل. Туркестанское Государственное Издательство. г. Ташкент, 1922 г. (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- A. Sa’diy (yozuvchi); Elbek (qayta ishlagan)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- Turkiston davlat nashriyoti
- Yili
- 1921 (o‘zbekcha qayd) – 1922 (ruscha qayd)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- «Ташкент. Старогородская Мустипо-литография»; № 88; adadi 5000
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
- Hajmi
- 64 bet
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada qalamda “20” va kirill yozuvidagi qayd
Bogʻliq eksponatlar: Orta məktəв ədəвijat dərsləri ycyn jardamcь məteriallər (O‘rta maktab adabiyot darslari uchun yordamchi materiallar)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.