سەوادسزلكنی بتروش مەکتەبلەریدە ئش تەرتیبی ئوچون پراغراما (Savodsizlikni bitirish maktablarida ish tartibi uchun programma)

سەوادسزلكنی بتروش مەکتەبلەریدە ئش تەرتیبی ئوچون پراغراما (Savodsizlikni bitirish maktablarida ish tartibi uchun programma)

Olti oylik kurs bo‘yicha savodsizlikni bitirish maktablari uchun o‘quv dasturi, o‘zbek tilida; Savodsizlikni bitirish bo‘yicha Turkiston favqulodda komissiyasi nashri (Toshkent, 1923).

Titulda: “Sotsializm asosiga qurulg‘on Turkiston Sho‘rolar Jumhuriyati. Butun dunyo ishchilari birlashingiz! Olti oylik kurs barobarida savodsizlikni bitirish maktablarida ish tartibi uchun programma.” Ruscha sarlavhasi: «Программа занятий в школах по ликвидации безграмотности с 6-ти месячным курсом (на узбекском языке)». Muqovada: “Savod maktablarida kattalar ila o‘qu tartibi uchun programma. Tafsilli va amaliy ko‘rsatishlar barobarida” va “Turkiston” gazetasini o‘qiyotgan kishi tasviri. Dasturda ona tili, hisob, jug‘rofiya va boshqa mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatmalar bor; oxirgi 14-betda “Savodsizlikni bitirish to‘g‘risida Turkiston favqulodda komissiyasi” imzosi. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0316
Turi
kitob – o‘quv dasturi
Janri
Ta’lim – kattalar savod maktabi dasturi
Asl nomi
آلتی آیلك کورس بەرابەریدە سەوادسزلکنی بتروش مەکتەبلەریدە ئش تەرتیبی ئوچون پراغراما. ПРОГРАММА занятий в школах по ликвидации безграмотности с 6-ти месячным курсом (На узбекском языке). Туркестанское государственное издательство. Ташкент 1923 г. (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Savodsizlikni bitirish bo‘yicha Turkiston favqulodda komissiyasi
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
Turkiston davlat nashriyoti (Туркестанское государственное издательство)
Yili
1923
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
Hajmi
14 bet
Muzeydagi belgilar
Muqovada “307” raqamli yorliq; muqova chetlari yirtilgan, yon tomoni oq qog‘oz bilan ta’mirlangan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali