آنا تلی صرفی (Ona tili sarfi), 2-bosilishi

آنا تلی صرفی (Ona tili sarfi), 2-bosilishi

Muhiddin Qurbonali, A. Battol va Xo‘ja Abdulbadi’ning ona tili morfologiyasi (sarf) darsligi, ikkinchi bosilishi (Qozon, “Qurultoy” shirkati, 1919).

Titulidagi ramkada: “1919-yilning 5-aprelida 4177-raqamli so‘rovga ko‘ra bu kitob Qozon viloyati maorif sho‘basi tomonidan ikkinchi bosqich ish maktablarining birinchi yilida o‘qitishga yaroqli topilib, bosilishiga amr etildi.” Noshiri – Qozondagi “Qurultoy” shirkati. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0313
Turi
kitob – darslik
Janri
Darslik – ona tili (morfologiya)
Asl nomi
محی‌الدین قربانعلی و ع. بطال هم خواجه عبدالبدیع. آنا تلی صرفی. [ایکنچی باسما] … ناشری: «قورولتای» شرکتی، قازانده. КАЗАНЬ. Электро-типографія „МИЛЛЯТ“ (курултай) 1919 г. (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Muhiddin Qurbonali, A. Battol, Xo‘ja Abdulbadi’
Nashr joyi
Qozon
Nashriyot
“Qurultoy” shirkati
Yili
1919
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Ikkinchi bosilishi; «Электро-типографія „Миллятъ“ (курултай)»
Tili
tatar tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Titulda “174” raqamli yorliq; sarlavha ostida qalamda «Она тили дарслиги»; titulning o‘ng cheti yirtilib, yelimlangan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali