علم اخلاق (Ilmi axloq). Birinchi juz – toshbosma
Qori Nizomiddin ibn Mullo Husayn tuzgan, ibtidoiy maktabning 2- va 3-sinflari uchun Turkiston shevasidagi axloq darsligi (Toshkent, “Turon” firmasi toshbosmaxonasi, 1917).
Titulda: “Qola-n-nabiyyu alayhis-salom: Bu’istu li-utammima makorima-l-axloq” va uning tarjimasi: “Payg‘ambar alayhis-salom: yaxshi xulqlarni tamom qilmak uchun yuborildim, demishlar”. So‘ng: “Ilmi axloqning birinchi juz’i. Maktabi ibtidoiyaning ikkinchi, uchunchi sinf shogirdlariga mahsus ochiq tilda Turkiston shevasinda tartib etilmish axloq kitobidir. Murattibi Qori Nizomiddin ibn Mullo Husayn. Noshiri muallim Mullo Rustambek Yusufbek o‘g‘li. Haqqi tab’i mahfuzdir.” Titulning ikki yonida milodiy 1917 va hijriy 1335-yil sanalari. Kitob oxirgi 38-betda “Tammat” so‘zi bilan tugaydi. Bosmaxona “Turon” firmasi nomi ostida ishlagan. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0315
- Turi
- kitob (toshbosma)
- Janri
- Darslik – axloq
- Asl nomi
- علم اخلاق نینک برنچی جزئی … مرتبی قاری نظام الدین بن ملا حسین. ناشری معلم ملا رستم بیک یوسف بیک اوغلی. حق طبعی محفوظدر. ТАШКЕНТЪ. Типо-Литографія Ш. Шахидаятова и К. Нарбекова подъ фирмою «ТУРАНЪ» 1917 (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Qori Nizomiddin ibn Mullo Husayn (tuzuvchi)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- muallim Mullo Rustambek Yusufbek o‘g‘li (noshir)
- Yili
- 1917 (hijriy 1335)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Toshbosma; «Типо-литографія Ш. Шахидаятова и К. Нарбекова подъ фирмою „Туранъ“»; bosish huquqi himoyalangan
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
- Hajmi
- 38 bet
- Muzeydagi belgilar
- Titul tepasida qalamda kirill yozuvidagi yozuv (o‘qilmadi); hoshiyalar yirtilgan, dog‘lar bor
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.