Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi. Birinchi bo‘lim

Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi. Birinchi bo‘lim

Hamza Hakimzoda Niyoziyning milliy ashula kuylariga yozilgan she’rlar majmuasining birinchi bo‘limi, birinchi nashri.

Muqovada: “Noshir va shoiri: Nihon – Hamza Hakimzoda Niyoziy”, “Birinchi tab’i”. Muqovadagi so‘zboshida aytilishicha, bu bo‘limda xalq orasida aytilib kelgan oltita milliy ashula kuyiga yozilgan she’rlar jamlangan, keyingi bo‘limlarni ham chiqarish niyat qilingan. Majmua 1915–1919-yillarda bo‘lim-bo‘lim chiqqan. Toshbosma usulida bosilgan; ichki sahifalarda she’rlar ramkali kataklarga terilgan. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0318
Turi
kitob
Muallifi
Hamza Hakimzoda Niyoziy (Nihon)
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida
Soni
1
Holati
Yaxshi

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali