تجوید (Tajvid), 4-bosilishi
Muallim Ismoil Alaviy tuzgan, Munavvar qori ibn Abdurrashidxon Turkiston tiliga tarjima qilgan Qur’on tilovati qoidalari darsligi (Orenburg, “Vaqt” matbaasi, 1914).
Titulda: “Murattibi: muallim Ismoil Alaviy. Tajvid. 4-nchi tab’i. Makotibi ibtidoiyai islomiyaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sinf shogirdlari uchun tajriba ila oson Turkiston tilida tartib va tarjima etilmishdir. Mutarjimi: Munavvar qori ibn Abdurrashidxon. Noshiri: “Turkiston kutubxonasi”.” Darslik savol-javob shaklida tuzilgan. Orqa muqovada “O‘z nashriyotimizdan maktab kitoblari” ro‘yxati va manzil: «Стар. Ташкентъ, книж. магаз. „Туркестанъ“». Matn 32-betda tugaydi. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0312
- Turi
- kitob – darslik
- Janri
- Din – tajvid darsligi
- Asl nomi
- مرتبی: معلم اسماعیل علوی. تجوید. ۴ نچی طبعی … مترجمی: منوّر قاری ابن عبدالرشید خان. ناشری: «ترکستان کتبخانهسی». اورنبورغده «وقت» مطبعهسی. Типографія газ. „Вактъ“ въ Оренбургѣ. 1914 (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Ismoil Alaviy (tuzuvchi); tarjimon – Munavvar qori Abdurashidxonov
- Nashr joyi
- Orenburg
- Nashriyot
- “Turkiston kutubxonasi” (Toshkent)
- Yili
- 1914
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- To‘rtinchi bosilishi; «Типографія газ. „Вактъ“ въ Оренбургѣ»
- Tili
- o‘zbek tili; arabcha atamalar bilan
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
- Hajmi
- 32 bet
- Muzeydagi belgilar
- Orqa muqovada “289” raqamli yorliq; ichki muqovaga yopishtirilgan qog‘ozda ko‘k siyohda: «188 – Тажвид … 1914 г. Оренбург, Вақт …» (eski raqam “137” o‘chirilgan) va qalamda «таржимон Мунаввар қори»
Bogʻliq eksponatlar: حساب، برنچى جزء (Hisob, 1-juz’), Rahbar-i forsiy (Fors tili qo‘llanmasi) – ikkinchi bosilishi
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.