عەمەلی تل ساباقلاری (Amaliy til saboqlari), 2-bosilishi
Birinchi bosqich maktablarning 1- va 2-o‘quv yillari uchun tatar tilidan amaliy darslik; til-adabiyot darsliklarini hozirlovchi hay’at tuzgan (Qozon, Tatariston matbuot va nashriyot kombinati).
Titulda: “Birinchi bosqich maktablarning birinchi ham ikkinchi o‘qu yillari uchun amaliy til saboqlari. To‘g‘ri yozuv qoidalari, sarf-nahvga hozirlik uchun masalalar, tekshiruv ham ko‘nikuv uchun misollar, so‘zlash ham uslub quvvatlarin o‘stiruv uchun rasmlar, mavzular, planlar. Til-adabiyot darsliklari hozirlovchi hay’at tarafidan tuzildi. Ikkinchi basma.” Kitob boshidagi “Til-adabiyot darsliklarini hozirlovchi kollektivdan” degan so‘zda bu kollektiv 1920-yilda Qozonda tuzilgani aytilib, a’zolari sanab o‘tiladi; ular orasida G‘olimjon Ibrohimov ham bor. Matn 74-betda “Bitdi” so‘zi bilan tugaydi. Orqa muqovada kombinatning 1923–1924-o‘quv yillari uchun chiqargan maktab kitoblari e’loni bor. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0309
- Turi
- kitob – darslik
- Janri
- Darslik – ona tili
- Asl nomi
- برنچی باسقچ مەکتەبلەرنڭ برنچی هەم ئیکنچی ئوقو یللاری ئوچن عەمەلی تل ساباقلاری … تل-ئەدەبیات دەرسلکلەری حەزرلەوچی هەیئەت تارافندان توزلدی. ئیکنچی باسما. تاتارستان ماتبوعات هەم نەشرییات کامبیناتی نەشری (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Til-adabiyot darsliklarini hozirlovchi hay’at
- Nashr joyi
- Qozon
- Nashriyot
- Tatariston matbuot va nashriyot kombinati (Комбинат Издательства и Печати Т. С. С. Р.)
- Yili
- 1924 (muqovaga yopishtirilgan qog‘ozdagi yozuv bo‘yicha)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Ikkinchi bosilishi; orqa muqovada: «Казань, Черноозерская д. № 9, Комбинат Издательства и Печати Т. С. С. Р.»
- Tili
- tatar tili
- Yozuvi
- arab yozuvi (isloh qilingan imlo)
- Hajmi
- 74 bet
- Muzeydagi belgilar
- Titulda “171” raqamli yorliq; orqa muqovaga yopishtirilgan qog‘ozda ko‘k siyohda: «180 – Амалий тил сабоқлари 1924 г. Казань» (“180” ustidan “94” yozilgan)
Bogʻliq eksponatlar: Тел сабаклары. Өченче китап (Til saboqlari. Uchinchi kitob)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.