محللوده حاکمیت توزو توغریلارنده قانون (Mahallalarda hokimiyat tuzu to‘g‘rilarinda qonun)

محللوده حاکمیت توزو توغریلارنده قانون (Mahallalarda hokimiyat tuzu to‘g‘rilarinda qonun)

Shaharlarda mahalliy hokimiyat – shahar sho‘rolari va ularning ijroiya qo‘mitalarini tuzish tartibi haqidagi qonun, o‘zbek tilida (Toshkent, 1920).

Kitobda shahar sho‘rolarini saylash tartibi, deputatlar soni, sho‘ro yig‘ilishlari, ijroiya qo‘mitasi va uning bo‘limlari haqidagi moddalar raqamlangan holda berilgan. Muqova tepasida shior: “Birlashingiz, butun dunyo ishchilari!” Matn 14-betda tugaydi. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0307
Turi
kitob – qonun matni
Janri
Huquq – qonun matni
Asl nomi
«برلەشنگز بتون دنیا اشچیلری». محللوده حاکمیت توزو توغریلارنده قانون. Ташкент. Типография № 4. 1920 г. (kitobning o‘z yozuvida)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
4-tipografiya
Yili
1920
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
«Ташкент. Типография № 4. 1920 г.»
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Hajmi
14 bet
Muzeydagi belgilar
Muqovada “161” raqamli yorliq; ichki muqovaga yopishtirilgan qog‘ozda ko‘k siyohda: «160 – Маҳаллаларда ҳокимият тузув тўғрисида қонун 106 1920 г. Т.»

Elektron nusxasini varaqlash (9 bet)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali