Өzbek tili. Ana tili iş kitabь. III–IV (O‘zbek tili. Ona tili ish kitobi)
Shokirjon Rahimiyning birinchi bosqich maktablarining 3- va 4-sinflari uchun ona tili ish kitobi (O‘znashr, Toshkent, 1931).
Titulda: “O‘zbek birinchi bosqich maktablarining 3 va 4-sinflari uchun. O‘z. X. M. K. ilmiy sho‘rosidan o‘tgan” (O‘zbekiston Xalq maorif komissarligi ilmiy kengashi ma’qullagan). Ruscha muqovada: «Ш. Рахими. Узбек тили. Рабочая книга по родному языку. Ч. III–IV. Узгиз 1931 Ташкент». Kitob raqamlangan mashqlardan iborat. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0305
- Turi
- kitob – darslik
- Janri
- Darslik – ona tili (ish kitobi)
- Asl nomi
- Ş. RƏHIMII. ӨZBEK TILI (ANA TILI IŞ KITABЬ) III–IV. Өzbek birinci basqьc məktəblərinin 3 və 4 nci sinfləri ycyn. Өz. X. M. K. ilmij şorasьdan өtgən. ӨZNƏŞR 1931 – Taşkent (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Shokirjon Rahimiy (titulda: Ş. Rəhimii)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘znashr (Узгиз)
- Yili
- 1931
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- «Типография № 1 Узполиграфобъединения. Узлит № 725/л. Заказ № 785-757. Тираж 40000. Ташкент – 1931 г.»; narxi 50 tiyin; shior: “Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!”
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “187” raqamli yorliq; titulda qalamda “43” va “128”
Bogʻliq eksponatlar: O‘zbek tili. II (ish kitobi)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.