اول علم (Avvali ilm). Bidon, Abvob va Tasrif tarjimalari – toshbosma

اول علم (Avvali ilm). Bidon, Abvob va Tasrif tarjimalari – toshbosma

Islom aqidasi va axloqiga oid “Avvali ilm” risolasi hamda arab tili sarfi bo‘yicha “Bidon”ning nasriy, “Abvob”ning she’riy tarjimasi va manzum “Tasrif”dan iborat to‘plam (Toshkent, hijriy 1325).

Titul medalyonida: “Avvali ilm al-musammiyot. Tarjimai mansurai Bidon. Tarjimai manzumai Abvob. Tasrifi manzuma. 1325.” Titulning yuqori qismida hamd va kitob mazmuni haqida qisqa so‘z, pastida: kitob Toshkentda muallifning harakati bilan bosilgani va muallifning ruxsatisiz qayta bosish man etilgani haqida e’lon. Kitob “Tamma-l-kitob bi-avni-l-Maliki-l-Vahhob” (“Kitob Podshohi Vahhob [Alloh] yordami bilan tugadi”) so‘zlari bilan yakunlanadi; oxirgi betida hijriy 1325-yil sanasi bilan muhrsimon belgi bor. Birinchi qismi (aqida va axloq) pushti qog‘ozga bosilgan. Matn jadvalli ramkalar ichida, hoshiyalarida sarlavhalar va qo‘l yozuvidagi izohlar bor. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0302
Turi
kitob (toshbosma)
Janri
Din va arab tili grammatikasi – maktab qo‘llanmasi
Asl nomi
اول علم المسمیات. ترجمهٔ منثورهٔ بدان. ترجمهٔ منظومهٔ ابواب. تصریف منظومه. ۱۳۲۵ (kitobning o‘z yozuvida)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
G‘ulom Hasan Orifjonov toshbosmaxonasi (паровая литографія Гулямъ-Хасана Арифджанова, Ст.-Ташкентъ)
Yili
hijriy 1325 – milodiy 1907–1908
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Toshbosma; ruscha yozuv: «паровая литографія Гулямъ-Хасана Арифджанова, Ст.-Ташкентъ»
Tili
eski o‘zbek (turkiy) tili; arab va fors tillaridagi iqtibos va atamalar bilan
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Hajmi
64 bet (oxirgi bet raqami bo‘yicha)
Muzeydagi belgilar
Oxirgi betda “111” raqamli yorliq; ichki betlar hoshiyasida qo‘lda yozilgan qaydlar (bob nomlari)

Elektron nusxasini varaqlash (8 bet)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali