روسیه‌ده‌گی مسلمان تورک–تاتار خلقی اوچون آلتی یللق ابتدائی مکتب پروغرامی لایحه‌سی (Rossiyadagi musulmon turk-tatar xalqi uchun olti yillik ibtidoiy maktab programmi loyihasi)

روسیه‌ده‌گی مسلمان تورک–تاتار خلقی اوچون آلتی یللق ابتدائی مکتب پروغرامی لایحه‌سی (Rossiyadagi musulmon turk-tatar xalqi uchun olti yillik ibtidoiy maktab programmi loyihasi)

Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilari ittifoqining markaziy byurosi tayyorlagan olti yillik boshlang‘ich maktab o‘quv dasturi loyihasi (Qozon, “Maorif” matbaasi).

“So‘z boshi”da aytilishicha, “shu yil 20–27-aprelda” Qozon shahrida bo‘lgan musulmon o‘qituvchilari syezdi Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilari ittifoqini tuzgan va uning ishlarini boshqarish uchun Qozonda o‘n a’zodan iborat muvaqqat markaziy byuro saylagan. Byuroga topshirilgan ishlardan biri olti yillik ibtidoiy maktablar uchun dastur tuzish bo‘lgan; byuro Troitsk muallimlari tuzgan dasturni ko‘rib chiqib, ayrim joylarini o‘zgartirgan. Dasturda olti yillik maktabda o‘qitiladigan fanlar sanab o‘tilgan: din (ibodat, e’tiqod, muqaddas tarix va islom tarixi, arabcha qiroat, Qur’on va tajvid), ona tili, hisob (qisqacha handasa bilan), tabiiyot, tarix (milliy va rus), jug‘rofiya (umumiy, vatan va milliy), rus tili, rasm va qo‘l ishlari, she’r va ashula, gimnastika va maktab o‘yinlari. Kitobda ruscha “Недельное расписание уроков” (haftalik dars jadvali) va rus tili darslari dasturi ham bor. Nashr yili kitobda ko‘rsatilmagan. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0301
Turi
kitob – o‘quv dasturi
Janri
Ta’lim – o‘quv dasturi
Asl nomi
روسیه‌ده‌گی مسلمان تورک–تاتار خلقی اوچون آلتی یللق ابتدائی مکتب پروغرامی لایحه‌سی. بتون روسیه مسلمان اوقوتوچیلری برلگینك مرکز بیوروسی نشری. قزانده معارف مطبعه‌سنده (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilari ittifoqining markaziy byurosi
Nashr joyi
Qozon
Nashriyot
Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilari ittifoqining markaziy byurosi; “Maorif” matbaasi
Yili
aniqlanmadi (so‘z boshida “shu yil 20–27-aprelda” Qozonda bo‘lgan musulmon o‘qituvchilari syezdi tilga olinadi)
Tili
tatar tili; dars jadvali va rus tili dasturi rus tilida
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada qalamda “37” va “125”; dars jadvali betida “64” raqamli yorliq; muqovaga yopishtirilgan qog‘ozda ko‘k siyohda: «28 – Русиядаги мусулмон …» bilan boshlanuvchi yozuv (kitob nomi)

Bogʻliq eksponatlar: Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilarining ikkinchi syezdiga vakil bileti

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali