ئەدەبیات قانونلاری (Adabiyot qonunlari), 3-bosilishi

ئەدەبیات قانونلاری (Adabiyot qonunlari), 3-bosilishi

Tatar yozuvchisi va adabiyotshunosi G‘olimjon Ibrohimovning adabiyot nazariyasiga oid kitobi, uchinchi bosilishi (Qozon, 1919).

Kitob adabiyot qonunlari – adabiyot nazariyasiga bag‘ishlangan. Oxirgi ikki betida (136–137-betlar) “Adabiyot darslarining fihristi” – mundarija berilgan. Muqova chetlari yirtilgan, dog‘lar bor. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0298
Turi
kitob
Janri
Adabiyotshunoslik – adabiyot nazariyasi
Asl nomi
عالمجان ابراهیمف. ئەدەبیات قانونلاری. اوچونچی باسما. КАЗАНЬ. 6-я Государственная типография 1919 г. (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
G‘olimjon Ibrohimov (titulda: عالمجان ابراهیمف)
Nashr joyi
Qozon
Nashriyot
6-davlat tipografiyasi
Yili
1919
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Uchinchi bosilishi; ruscha yozuv: «КАЗАНЬ. 6-я Государственная типография 1919 г.»
Tili
tatar tili
Yozuvi
arab yozuvi (isloh qilingan imlo)
Hajmi
137 bet (oxirgi bet raqami bo‘yicha)
Muzeydagi belgilar
Muqovaga yopishtirilgan qog‘ozda ko‘k siyohda: «224 – Адабиёт қонунлари 1919 Казань 100 Авт. Олимжон Иброҳимов»; muallif ismi ostida qalamda «Олимжон Иброҳимов»

Bogʻliq eksponatlar: Яңа әдәбият. Икенче китап (Yangi adabiyot. Ikkinchi kitob), Əsərləre. II tom (Asarlari. II tom), تاتار نحوى (Tatar nahvi), Əsərləre. Tom V (Asarlari. V tom)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali