Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilarining ikkinchi syezdiga vakil bileti
Qozonda 1917-yil avgustida o‘tgan Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilarining ikkinchi syezdiga Abdulla Avloniyga berilgan vakil (delegat) bileti, № 26.
Qizil kartondan qilingan kichik bilet. Matni tatar tilida, arab yozuvida bosilgan; Avloniyning ismi, bilet raqami va markaziy byuro a’zosining imzosi qo‘lda yozilgan. Biletda syezd sanasi – Qozon, 1917-yil 1-avgust (yangi hisobda 14-avgust). Avloniyning pasport daftarchasida (AAM-0256) uning 1917-yil 31-iyulda Qozonda, «Bolgar» mehmonxonasida ro‘yxatga olingani qayd etilgan.
- Turkum
- Hujjatlar
- Inventar raqami
- AAM-0262
- Turi
- hujjat – syezd vakili bileti
- Janri
- Shaxsiy hujjat
- Asl nomi
- بتون روسیه مسلمان اوقوتوچیلرینڭ ایکنچی اسیزدی (biletning o‘z yozuvida)
- Nashr joyi
- Qozon
- Nashriyot
- Syezdning markaziy byurosi
- Yili
- 1917-yil 1-avgust (yangi hisobda 14-avgust)
- Tili
- tatar tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- O‘lchami
- 11,9 × 8,7 sm
- Muzeydagi belgilar
- Ism, raqam va imzo qo‘lda yozilgan
Asl matni
بتون روسیه مسلمان اوقوتوچیلرینڭ ایکنچی اسیزدی. قزانده، ۱۹۱۷نچی یل ۱نچی آوغوستده. — عبدالله افندی اولانی بتون روسیه مسلمان اوقوتوچیلرینڭ ایکنچی اسیزدینه وکیل بولوب کرو اوچون بیلیت. № 26. مرکز بیورو اعضاسی: [imzo]
O‘zbekcha tarjimasi
Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilarining ikkinchi syezdi. Qozonda, 1917-yil 1-avgustda. Abdulla afandi Avloniyning Butun Rusiya musulmon o‘qituvchilarining ikkinchi syezdiga vakil bo‘lib kirishi uchun bilet. № 26. Markaziy byuro a’zosi: [imzo].
Elektron nusxasini varaqlash (1 bet)
Bogʻliq eksponatlar: Abdulla Avloniyning pasport daftarchasi, روسیهدهگی مسلمان تورک–تاتار خلقی اوچون آلتی یللق ابتدائی مکتب پروغرامی لایحهسی (Rossiyadagi musulmon turk-tatar xalqi uchun olti yillik ibtidoiy maktab programmi loyihasi)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.