مختصر علم کیمیا (Muxtasar ilmi kimyo)

مختصر علم کیمیا (Muxtasar ilmi kimyo)

Dorulmuallimin tabiiy fanlar muallimi Horun ar-Rashidning qisqacha kimyo darsligi (Istanbul, “Islom va askariy kutubxona” – Ibrohim Hilmiy, 1330).

Muqova va titulda: “Dorulmuallimin va Dorulfunun bilan maktabi i’dodiya sinflariga mo‘ljallangan”. Muallifi – Dorulmuallimin ulumi tabiiya (tabiiy fanlar) muallimi Horun ar-Rashid. Tobi’ va noshiri – “Islom va askariy kutubxona” (Ibrohim Hilmiy), Bobi Oliy ko‘chasi, 46; Shams matbaasi. Fihristga ko‘ra darslik “Ma’lumoti avvaliya” (dastlabki ma’lumotlar) bilan boshlanadi, kimyoviy belgilar va tenglamalar, kimyo qonunlari, vodorod, kislorod, suv, azot, havo, fosfor, uglerod kabi elementlar va birikmalar, so‘ng metallar (kaliy, natriy, kalsiy, alyuminiy, temir, mis, simob, kumush, oltin va boshqalar) hamda organik kimyo haqida so‘zlaydi; oxirgi bo‘lim – “Kimyo masoili” (257-bet). Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0328
Turi
kitob – darslik
Janri
Darslik – kimyo
Asl nomi
مختصر علم کیمیا. دارالمعلمین و دارالفنون ایله مکاتب اعدادیه صنفلرینه مخصوصدر. مؤلفی: دارالمعلمین علوم طبیعیه معلمی هارون الرشید. طابع و ناشری: کتابخانهٔ اسلام و عسکری — ابراهیم حلمی. ٤٦ — باب عالی جاده‌سنده — ٤٦. ١٣٣٠. شمس مطبعه‌سی (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Horun ar-Rashid – Dorulmuallimin ulumi tabiiya muallimi (titulda: هارون الرشید)
Nashr joyi
Istanbul
Nashriyot
“Islom va askariy kutubxona” – Ibrohim Hilmiy (کتابخانهٔ اسلام و عسکری — ابراهیم حلمی)
Yili
1330 (hijriy bo‘lsa 1911–1912, rumiy bo‘lsa 1914–1915); muqova va titulda “١٣٣٠”
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Shams matbaasi (شمس مطبعه‌سی)
Tili
usmonli turk tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada qalamda fransuzcha “Sience de chimie” (shunday yozilgan), tepasida binafsha siyohda arab yozuvidagi qayd va raqamlar, o‘rtasida qalamda xira arabcha yozuv; orqa muqovaga yopishtirilgan qog‘ozda: «15 Илми кимё (Кимё илми) 1330», yonida qalamda “131”; ramkali ichki titul ustida qalamda “131(2)”; oxirgi varaqda noshir belgisi atrofida arab yozuvida qo‘lda yozilgan kimyoviy formulalar va izohlar

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali