Өzbek tili grəmətikəsi. 1-nci bølym (O‘zbek tili grammatikasi. 1-bo‘lim)

Өzbek tili grəmətikəsi. 1-nci bølym (O‘zbek tili grammatikasi. 1-bo‘lim)

Komvuzlar, partiya-sho‘ro maktablari va sirtdan o‘qiydiganlar uchun o‘zbek tili grammatikasi darsligining birinchi bo‘limi (Toshkent – Samarqand, 1932).

Titulda: “KP(b) Øz Markazqom madanijat bølimi va SAKU nəşri. M. Şamsijef, Şerbek. Øzbek tili grəmətikəsi. 1-nci bølym (Komvyzlar, partija – şora məktəbləri va ularda sirtdan oqucilar həm øz-øzidan ørgənycilər ycyn)”. Muqovada: “Øz.SSÇ Dəvlət nəşrijatь, Taşkent – 1932 – Samarqand”. Muqovada “180” raqamli yorliq, ichki muqovada kirillcha kutubxona yorlig‘i (“М. Шамсиев, Шербек. Ўзбек тили грамматикаси. Т.–С. 1932”). Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0337
Turi
kitob – darslik
Janri
Darslik (o‘zbek tili grammatikasi)
Asl nomi
M. Şamsijef, Şerbek. Øzbek tili grəmətikəsi. 1-nci bølym. Øz.SSÇ Dəvlət nəşrijatь, Taşkent – 1932 – Samarqand (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
M. Shamsiyev, Sherbek (titulda: M. Şamsijef, Şerbek)
Nashr joyi
Toshkent – Samarqand
Nashriyot
O‘zSSR Davlat nashriyoti; KP(b) O‘z Markazqo‘m madaniyat bo‘limi va SAKU nashri
Yili
1932
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Soni
1
Holati
Yaxshi

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali