Ana tili iş kitabь (Ona tili ish kitobi). F.Z.S. va kolxoz yoshlar maktabining 7-o‘quv yili uchun
Tursun Ibrohimning fabrika-zavod yettiyilliklari (F.Z.S.) va kolxoz yoshlar maktablarining 7-o‘quv yili uchun ona tili ish kitobi (Toshkent, 1932).
Titulda: “Tursun Ьbrahьm. Ana tili iş kitabь. F.Z.S. və kolxoz jaşlar məktəbinin 7-nci oquv jьlь ycyn. Øz.S.Ş.Ç. Dəvlət nəşrijatь, Taşkent – 1932 jьl”. Orqa muqovada ruscha: “Турсун Ибрагим. Рабочая книга по родному языку (для 7-го года обучения Ф.З.С. и Ш.К.М.). Госиздат УзССР, 1932, Ташкент”, narxi 65 tiyin. Muqovada “304” raqamli yorliq, ichki muqovada kirillcha kutubxona yorlig‘i (“Турсун Ибрагимов. Ана тили иш китоби. Тошкент, 1932 й.”). Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0339
- Turi
- kitob – darslik
- Janri
- Darslik (ona tili)
- Asl nomi
- Tursun Ьbrahьm. Ana tili iş kitabь. Øz.S.Ş.Ç. Dəvlət nəşrijatь, Taşkent – 1932 (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Tursun Ibrohim (titulda: Tursun Ьbrahьm)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘zSSR Davlat nashriyoti
- Yili
- 1932
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Soni
- 1
- Holati
- Yaxshi
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.