Gøzəl ədəbijatdan iş kitabь. Bølym II (Go‘zal adabiyotdan ish kitobi. II bo‘lim)

Gøzəl ədəbijatdan iş kitabь. Bølym II (Go‘zal adabiyotdan ish kitobi. II bo‘lim)

Shokir Sulaymon va V. Serovning komvuzlar, pedakademiya va institutlarning quyi semestrlari uchun adabiyotdan ish kitobi, II bo‘lim (Toshkent – Samarqand, 1932).

Titulda: “Şakir Sulajman, V. Serof. Kemvyzlarnin juqarь, pedakademija, institytlarnin pastki semestrlari ycyn Gøzəl ədəbijatdan iş kitabь. Bølym II”; nashr: “Øz SSÇ Dəvlət nəşrijatь, Taşkent – 1932 – Samarqand”. Muqova qizil-oq naqshli. Muqovada “228” raqamli yorliq, ichki muqovada kirillcha kutubxona yorlig‘i. Shu ish kitobining I bo‘limi – AAM-0014 (ikkinchi nusxasi – AAM-0096). Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0342
Turi
kitob – o‘quv qo‘llanma
Janri
O‘quv qo‘llanma (adabiyot)
Asl nomi
Şakir Sulajman, V. Serof. Gøzəl ədəbijatdan iş kitabь. Bølym II. Øz SSÇ Dəvlət nəşrijatь, Taşkent – 1932 – Samarqand (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Shokir Sulaymon, V. Serov (titulda: Şakir Sulajman, V. Serof)
Nashr joyi
Toshkent – Samarqand
Nashriyot
O‘zSSR Davlat nashriyoti
Yili
1932
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Soni
1
Holati
Yaxshi

Bogʻliq eksponatlar: Go‘zal adabiyotdan ish kitobi. I bo‘lim, Go‘zal adabiyotdan ish kitobi. I bo‘lim (ikkinchi nusxa)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali