Go‘zal adabiyotdan ish kitobi. I bo‘lim
Komvuzlarning yuqori, pedakademiya va institutlarning pastki semestrlari uchun (Shokir Sulaymon tahriri ostida)
Oliy o‘quv yurtlari uchun adabiyot ish kitobi: o‘zbek, rus va boshqa yozuvchilar asarlaridan namunalar, topshiriqlar bilan.
Oliy o‘quv yurtlari uchun adabiyot ish kitobi: bo‘limlar “Oktabr kunlari”, fuqarolar urushi davri, “Tiklanish davri”. Har bo‘limda topshiriqlar, siyosiy-ilmiy materiallar va adabiy namunalar: M. Gorkiy, Sadriddin Ayniy (“Adina” – parchalar), Demyan Bedniy, Jon Rid, Fotih Niyoz, Majid Fayziy, Fazil Yo‘ldosh, Shokir Sulaymon, Lalaxon Sayfullina (“Yangilikka” – “Ichkari”dan), Nozim Hikmat, G‘afur G‘ulom, Oydin, Uyg‘un, T. Sa’di, H. Shamsi, V. Serov va boshqalar; oxirida Ayn – “Bahor sevinchlari” (tanqidiy maqola).
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0014
- Turi
- kitob
- Janri
- O‘quv qo‘llanma – adabiyot bo‘yicha ish kitobi (xrestomatiya)
- Asl nomi
- Muqovada: Ş. Sulajman, V. Serof. Gözəl ədəbijat. Bölym I. Özneşr 1932
- Muallifi
- Shokir Sulaymon, V. Serov
- Nashr joyi
- Toshkent – Samarqand
- Nashriyot
- O‘zSSR Davlat nashriyoti (O‘znashr)
- Yili
- 1932 (bosishga 1933-yil 10-martda topshirilgan)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Narkomlegpromning 2-tipografiyasi, Samarqand, Frunze ko‘chasi, 66; buyurtma №3359; 20,5 bosma taboq; Uzlit №708; adadi 10 000 nusxa; siyosiy muharrirlar – Sadrullin, Ismoil Akram; adabiy muharrir – Rahim Mirzayev; imlo tuzatuvchisi – H. Haydar; bosmaxonaga 01.01.1933 da berilgan
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “106” raqamli yorliq; ba’zi betlarda qizil qalam belgilari
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.