Hikoyalar to‘plami

Hikoyalar to‘plami

tarjima

Rus yozuvchisi A. Neverovning mehnatkash ayol va sho‘ro qonunlari haqidagi ikki hikoyasi, o‘zbekcha tarjima, suratli.

Rus yozuvchisi A. Neverovning ikki hikoyasi: “Qattiq qo‘lli er” va “Achchiq qayg‘u”. So‘zboshida aytilishicha, ikkala hikoya mehnatkash ayolning sho‘ro qonunlarini bilishi muhimligi haqida: birinchisida qonun ayolni eridan himoya qiladi, ikkinchisida nikohsiz tug‘ilgan bolaga va uning onasiga yordam beradi.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0019
Turi
kitob
Janri
Badiiy tarjima (hikoyalar), suratli
Asl nomi
A. Neverөf. Hikajələr toplamь. Өznəşr, Samarqand – 1930 – Taşkent (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: А. Неверов. Сборник рассказов. На узбекском языке
Muallifi
A. Neverov
Tarjimon
tarjimon ko‘rsatilmagan
Nashr joyi
Samarqand – Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘znashr)
Yili
1930
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Uzpoligraftrestning 1-tipografiyasi, Toshkent; Glavlit №227; buyurtma №5084; adadi 3000 nusxa
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “254” raqamli yorliq; titulda qo‘lda yozilgan “134” va boshqa belgilar

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali