Kavkaz o‘lkasi sahnalarida qo‘yishga ruxsat etilgan pyesalar ro‘yxatidan ko‘chirma (1914)

Kavkaz o‘lkasi sahnalarida qo‘yishga ruxsat etilgan pyesalar ro‘yxatidan ko‘chirma (1914)

notarius tasdiqlagan ko‘chirma; ro‘yxatda Behbudiyning “Padarkush” dramasi bor

Tiflisda 1914-yilda bosilgan, Kavkaz o‘lkasi sahnalarida qo‘yishga ruxsat etilgan pyesalar ro‘yxatidan ko‘chirma; “Sart tilida” bo‘limida Behbudiyning “Padarkush” dramasi ko‘rsatilgan.

Ko‘chirma “Kavkaz o‘lkasi sahnalarida qo‘yishga ruxsat etilgan rus, tatar, aysor, grek, osetin, eston, polyak va sart tillaridagi pyesalar ro‘yxati”dan (1914-yil 1-yanvargacha; Tiflis, “Esperanto” bosmaxonasi, 1914) olingan. Unda ozarbayjon dramaturglari – Najafbek Vazirov, Hoshimbek Vazirov, Uzeyir Hojibekov, M. F. Oxundov, Iskandarbek Malikov va boshqalarning pyesalari sanalgan; ba’zilari ro‘parasiga qalam bilan belgi qo‘yilgan. “Sart tilida” bo‘limida: “Padarkush. Nevejestvenniy sinok ili Otseubiysa, dr. v 3 d. i 4 kart., soch. Begbudi”. Ko‘chirmaning asl nusxaga to‘g‘riligini Toshkent notariusi Pyotr Ivanovich Ulyanov tasdiqlagan (idorasi Mahram ko‘chasida, Kazakovlar uyida).

Turkum
Hujjatlar
Inventar raqami
AAM-0345
Turi
hujjat (ko‘chirma, nusxa)
Asl nomi
Выписка. Списокъ пьесъ на русскомъ, татарскомъ, айсорскомъ, греческомъ, осетинскомъ, эстонскомъ, польскомъ и сартскомъ языкахъ, разрѣшенныхъ къ представленію на сценахъ Кавказскаго края, по 1-ое января 1914 г. Тифлисъ, Типографія „Эсперанто“, 1914
Nashr joyi
Tiflis; Toshkent (notarial tasdiq)
Yili
1914
Tili
rus tili
Yozuvi
kirill yozuvi (eski imlo)
Soni
1
Holati
Yaxshi

Elektron nusxasini varaqlash (1 bet)

Bogʻliq eksponatlar: Bir muqovaga tikilgan 5 kitob: “Padarkush”, “Jaholat samarasi”, “Tayfun”, “Jomi’ ul-hikoyot”, “Vijdon muhokamasi”

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali