يير يوزى (Yer yuzi) jurnali. 1925–1927-yillar sonlari – jild

يير يوزى (Yer yuzi) jurnali. 1925–1927-yillar sonlari – jild

“Yer yuzi” rasmli jurnalining 1925-yil 7-noyabrdagi 1-sonidan boshlangan sonlari bir jildga tikilgan.

Jild jurnalning 1-soni (“san 1, 7-nchi noyabr 1925-nchi yil”) bilan ochiladi: birinchi sahifada Oktabr inqilobining 8 yilligiga bag‘ishlangan maqola va portret bor. Sonlarda ko‘plab fotosuratlar, rasmlar va e’lonlar bosilgan, jumladan, “O‘zbekdavkino” trestining “Ikkinchi xotin” va “Ravot shaqollari” filmlari e’loni. Muzeyda jild 17-soni ochilgan holda ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Skanerda 78 bet. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Gazeta va jurnallar
Inventar raqami
AAM-0344
Turi
jurnal sonlari (jild)
Nashr joyi
Toshkent
Yili
1925–1927
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Soni
1
Holati
Yaxshi

Elektron nusxasini varaqlash (78 bet)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali