“Şura” (Sho‘ro) jurnali, 1908-yil, 5-son
Orenburgda chiqqan tatarcha “Sho‘ro” jurnalining 1908-yilgi 5-soni; muharriri – Rizouddin bin Faxriddin.
Muqovadagi mundarija: “Mashhur odamlar va ulug‘ hodisalar”, haj haqida ma’lumotlar, shar’iy zakot, Rusiya musulmonlarida maktab, maorif va adabiyot, modda va quvvat, maktab masalasi, Movarounnahrda sayohat, ijmoli siyosiy, milliy bayram, Mustafo Komil posho, murosala va muxobara, adabiyot, she’rlar (“Hayot”, “Qabr ustida”); birinchi maqola – “Momoy” haqida.
- Turkum
- Gazeta va jurnallar
- Inventar raqami
- AAM-0182
- Turi
- jurnal soni
- Janri
- Davriy nashr – ilmiy va adabiy jurnal (15 kunda bir chiqqan)
- Asl nomi
- شورا. نومیر ٥. ١ مارت ١٩٠٨ – ١١ صفر ١٣٢٦، شنبه. اون بیش كونده بر چیققان ادبی سیاسی مجموعهدر (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Редакція “ШУРО”, Оренбургъ. Rédaction du “Chouro”, Orenbourg
- Muallifi
- jurnal; muharriri Rizouddin bin Faxriddin; noshirlari Muhammad Shokir va Muhammad Zokir Romiyevlar (shu jurnalning 6-sonidagi ma’lumot bo‘yicha)
- Nashr joyi
- Orenburg
- Nashriyot
- noshirlari: Muhammad Shokir va Muhammad Zokir Romiyevlar
- Yili
- 1908 (1-mart; 11 safar 1326 hijriy)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- “Karimov, Husainov va sheriklari”ning bug‘ bosmaxonasi, Orenburg; bir nusxasi 20 tiyin; muqovada Orenburgdagi “Husayniya” madrasasi binosining surati
- Tili
- tatar tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqova tepasida kirillcha qalam yozuvi: “Акт № 429”
Bogʻliq eksponatlar: “Şura” (Sho‘ro) jurnali, 1908-yil, 6-son, “Şura” (Sho‘ro) jurnali, 1910-yil (uchinchi yil) sonlari – bir muqovaga tikilgan jild
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.