“Molla Nəsrəddin” (Mulla Nasriddin) jurnali, 1909-yil (to‘rtinchi yil) sonlari – bir muqovaga tikilgan jild
Ozarbayjoncha “Mulla Nasriddin” hajviy jurnalining 1909-yilgi sonlari – bir muqovaga tikilgan jild.
1-son muqovasida ramziy rasm: mash’al tutgan ayol, quyosh nurlari va xarita (Qora dengiz, Istanbul, Onado‘li yozuvlari bilan).
- Turkum
- Gazeta va jurnallar
- Inventar raqami
- AAM-0189
- Turi
- jurnal sonlari jildi
- Janri
- Davriy nashr – rasmli hajviy jurnal
- Asl nomi
- ملا نصرالدین. دوردنجی ایل. 1909. № 1 (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Молла Насреддинъ. Цѣна 12 к.
- Muallifi
- jurnal; muharriri – Jalil Mammadquluzoda
- Nashr joyi
- Tiflis
- Nashriyot
- “Molla Nəsrəddin” jurnali idorasi
- Yili
- 1909
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- rangli toshbosma karikaturali muqovalar; bir sonining narxi 12 tiyin; muqovada: “to‘rtinchi yil”
- Tili
- ozarbayjon tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “313” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “126 – Мулло Насриддин, 1909 й. № 1, 2, 3 … 52” (1 dan 52 gacha barcha sonlar sanab yozilgan). 1-son muqovasida qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو ژورنالنك ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu jurnalning egasi – Abdulla Avloniy” – birinchi so‘zlar taxminiy o‘qilishi, “عبدالله اولانی” aniq), yonida imzo; dumaloq muhr izi (o‘qilmadi); “24 НОЯ. 1921” sana muhri ikki joyda; qalamda “322”. Pushti marmar naqshli muqova. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.