Şäcärä-i Çıñğıziyä (Shajara-i Chingiziya – Chingiziylar shajarasi)

Şäcärä-i Çıñğıziyä (Shajara-i Chingiziya – Chingiziylar shajarasi)

Chingizxonning ota-bobolari va avlodlari shajarasi bayon etilgan tatarcha tarix kitobi (Qozon, 1906).

Titulga ko‘ra: Chingizxonning ota-bobolari Odam alayhissalomgacha, farzandlari va ularning avlodlari hozirgi zamongacha bayon etilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0190
Turi
kitob
Janri
Tarix – shajara (nasabnoma)
Asl nomi
شجرهٔ چنغزیه. چنغز خان‌نك آتا بابالارن آدم علیه‌السلامگه قدر بیان ایتوب، بالالارن، بالالارینك بالالارینی حاضرگی زمانغه قدر بیان ایتولدی (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
titulda muallif ko‘rsatilmagan
Nashr joyi
Qozon
Nashriyot
Karimiya matbaasi, o‘z xarajati bilan (Типографія Т-го Д-ма “Братья Каримовы”)
Yili
1906
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Aka-uka Karimovlar savdo uyi bosmaxonasi, Qozon; matn ichida doiralar va chiziqlar bilan chizilgan shajara jadvallari
Tili
tatar tili
Yozuvi
arab yozuvi
Hajmi
74 bet – muzey qog‘ozi bo‘yicha
Muzeydagi belgilar
Yashil naqshli muqovaga arab yozuvida qo‘lda yozilgan qog‘oz yorliq yopishtirilgan, ustida to‘rtta binafsha dumaloq muhr izi (yorliq yozuvi va muhrlar o‘qilmadi); ichki muqovaga qo‘yilgan muzey qog‘ozi: “42 (2) – Шажараи Чингизий. Нашр Казан 1906 й. Ўлчови 36×22. Саҳифаси 74 бет. Сақланиши – ўрта”. Titulda qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi (xira; boshqa kitoblardagi “Bu kitob egasi – Abdulla Avloniy” yozuvi bilan bir xil ko‘rinishda), imzo, uchta kichik dumaloq muhr izi va “24 НОЯ. 1921” sana muhri. Muqovaning ichki varag‘ida qalam bilan arab yozuvida yozilgan ikki satrli bayt (ikki marta: qoralama va ramka ichida): “عید قربان خرشیدیدی ای خدای لایزال…” (“Iydi qurbon …, ey Xudoyi loyazol…” – to‘liq o‘qilmadi), ustida imzo mashqlari. Qog‘ozda namlik dog‘lari, chetlari yirtilgan; betlarda qizil qalam belgilari. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.

Elektron nusxasini varaqlash (11 bet)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali