Devon-i Hofiz (Hofiz Sheroziy devoni) – toshbosma

Devon-i Hofiz (Hofiz Sheroziy devoni) – toshbosma

Hofiz Sheroziy devonining Hindistonda bosilgan forscha toshbosma nashri.

G‘azallar; kitob 456-betda tugaydi (oxirgi matn betining raqami); ko‘rib chiqilgan qismda ikkinchi bezakli titul (boshqa bo‘lim boshi) ham bor.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0193
Turi
kitob (toshbosma)
Janri
Mumtoz she’riyat – devon
Asl nomi
دیوان حافظ (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Xoja Hofiz Sheroziy (XIV asr fors shoiri)
Nashr joyi
Hindiston (Lakhnau yoki Konpur) – titulda: “dar matba’i nomiyi Munshi Naval Kishor”
Nashriyot
Munshi Naval Kishor matbaasi
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
toshbosma; pushti rangli bezakli muqova va gulli titul; matn jadval ichida, hoshiyada ham she’rlar; oxirida noshir kitoblari ro‘yxati (pushti qog‘ozda)
Tili
fors tili; oxiridagi noshir kitoblari ro‘yxati urdu tilida
Yozuvi
arab yozuvi (nasta’liq, toshbosma)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “99” raqamli yorliq; titul tepasida kirillcha qalam yozuvi: “Девони Ҳофиз”; pushti muqova yirtilgan, yelim lenta va katak daftar qog‘ozi bilan yamalgan. Muzeyda Hofiz devonining yana bir nashri bor – AAM-0105 (Toshkent, 1334)

Bogʻliq eksponatlar: دیوان خواجه حافظ شیرازی (Devoni Xoja Hofiz Sheroziy)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali