دیوان خواجه حافظ شیرازی (Devoni Xoja Hofiz Sheroziy)

دیوان خواجه حافظ شیرازی (Devoni Xoja Hofiz Sheroziy)

Titul yuqorisida: “Salomat ul-inson min hifz il-lison” (“Insonning salomatligi tilini tiyishdadir”)

Hofiz Sheroziy g‘azallaridan iborat toshbosma devon; Toshkentda hijriy 1334-yilda bosilgan.

Hofiz Sheroziy g‘azallaridan iborat toshbosma devon: she’rlar jadval shaklida, har betda ikki ustun. Oxirida kotibning yakuniy yozuvi (“ma’lum-i nozirin…”) va 1334-yil sanasi bor.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0105
Turi
kitob
Janri
Mumtoz she’riyat – devon (toshbosma)
Asl nomi
“Ba avni Malik-i Vahhob in risola-i mustatob musammo ba Xoja Hofiz-i Sheroziy… dar viloyat-i Toshkand dar chopxona-i G‘ulomiya ba hilya-i tab’ oroste gardid”; titul ostida ruscha: “…Туркестанскій Курьеръ”, Ташкентъ
Muallifi
Xoja Hofiz Sheroziy (XIV asr fors shoiri)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
savdogar (titulda: “zubdat ut-tujjor”) Mulla Temurxo‘ja ibn Hoji Muhammadxo‘ja Xo‘jandiyning buyurtmasi bilan
Yili
1334 hijriy (1915–1916)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
G‘ulomiya chopxonasi (titulda); titul ostida “Туркестанский курьер” bosmaxonasi nomi; oxirgi betdagi yakuniy yozuvda kotib nomi va 1334-yil sanasi; toshbosma
Tili
fors tili
Yozuvi
arab yozuvi
Hajmi
119 bet
Muzeydagi belgilar
Muqovada “104” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “87 – Шерозий. Ҳофиз девонидан. 1334 ҳижрий. Авлоний тузатишлари билан”; titulda kirillcha “Шерозий” qalam yozuvi. Matnning dastlabki betlarida (bosma 3–13-betlar) satrlar ustida va hoshiyada arab yozuvida qalam bilan yozilgan tuzatishlar bor (masalan, “نگشود” va “خواب” so‘zlari); muzey kartochkasida ular Avloniy tuzatishlari deb ko‘rsatilgan. Shu betlarda binafsha qalamda yozilgan kirillcha belgilar ham uchraydi

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali