Qiroat-i forsiy, yoxud Muntaxab-i Guliston (Forscha o‘qish kitobi, yoxud “Guliston”dan saylanma)
Muhammad Rasul Rasuliy tuzgan forscha o‘qish kitobi: boshlang‘ich maktablarning 4–5-sinflari uchun “Guliston” va boshqa asarlardan saylanma.
Muqovadagi izohga ko‘ra: islom boshlang‘ich maktablarining to‘rtinchi va beshinchi sinflarida forscha o‘qish uchun forsiy va turkiy asarlardan iqtibos va tarjima qilib tuzilgan; “Darsi avval” dan boshlab raqamlangan darslar (hikoyat, bayt, savollar), ko‘rib chiqilgan oxirgi bet – 47.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0196
- Turi
- kitob (toshbosma)
- Janri
- Darslik – forscha o‘qish kitobi
- Asl nomi
- قرائت فارسی یاخود منتخب گلستان. مرتبش: محمد رسول رسولی. ناشرش: «كتبخانهٔ آزیا». طبع سوم (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Сост. М. Расули. Кераатъ фарси. Издан. кн. торг. “Азія”
- Muallifi
- tuzuvchi Muhammad Rasul Rasuliy (muqovada: “مرتبش محمد رسول رسولی”; ruscha: Сост. М. Расули)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- “Osiyo” kutubxonasi (كتبخانهٔ آزیا; кн. торг. “Азія”) – Eski Toshkentda
- Yili
- 1334 hijriy – 1916 milodiy (muqovada ikkalasi ham ko‘rsatilgan); muzey kartochkasida “1914” deb yozilgan
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- toshbosma; uchinchi bosilishi; “haqqi tab’ash mahfuz”; orqa muqovada: “bahosi: bir donasi 15 tiyin, pochta bilan 17 tiyin; murojaat joyi: Eski Toshkentda “Osiyo” kutubxonasi”; muqova tepasida oyat: “Va innaka la-alo xuluqin azim”
- Tili
- fors tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovaga yopishtirilgan muzey kartochkasi: “214 – Форсига қироат. 1914 Тошкент. Авт. Муҳаммад Расул Расули”; oxirgi betlar hoshiyasida arab yozuvida qalam bilan yozilgan so‘zlar (lug‘at izohlari bo‘lishi mumkin; o‘qilmadi). Shu muallifning boshqa kitobi – AAM-0110
Bogʻliq eksponatlar: رهبر فارسی (Rahbari forsiy – Fors tili qo‘llanmasi)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.