Bir muqovada: Abdulqodir Shakuriyning ikki darsligi: “Jomi’ ul-hikoyot” va “Zubdat ul-ash’or” (Samarqand, 1907; toshbosma)
Abdulqodir Shakuriyning ikki darsligi – “Jomi’ ul-hikoyot” va “Zubdat ul-ash’or” – bir muqovada (Samarqand, 1907; toshbosma).
Bir muqovaga tikilgan 2 kitob: 1) “Hikoyatlar to‘plami”; 2) “She’rlar qaymog‘i”.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0197
- Turi
- bir muqovaga tikilgan toshbosma kitoblar
- Janri
- Darsliklar – o‘qish kitobi (hikoyatlar) va she’riy majmua
- Muallifi
- Mullo Abdulqodir muallim (Abdulqodir Shakuriy) – titullarda: “ba ihtimomi Abdulqodir muallim”, “ba sa’y va ihtimomi Mullo Abdulqodir”; ikkinchi kitob so‘zboshisida: “Mullo Abdulqodir Samarqandiy bin Mullo Abdushshakur…”
- Nashr joyi
- Samarqand
- Nashriyot
- Demurov matbaasi (G. I. Demurov tipo-litografiyasi)
- Yili
- 1325 hijriy (1907); ikkinchi kitob titulida 1326 hijriy – 1907 milodiy
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- toshbosma; bezakli titullar; pushti naqshli, o‘rtasida oval naqshi bor sharqona muqova; rasmli sarlavhalar
- Tili
- fors (tojik) tili; ikkinchi kitobda arabcha matnlar ham bor
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Tarkibi
- جامع الحكایات – Jomi’ ul-hikoyot (Hikoyatlar to‘plami) — Abdulqodir muallim (Abdulqodir Shakuriy) ihtimomi bilan. Samarqand: Demurov matbaasi, 1325 hijriy – 1907 (titulda: “dar Samarqand dar matba’i Demurov ba zevari tab’…”); زبدة الاشعار – Zubdat ul-ash’or (She’rlar qaymog‘i) — Mullo Abdulqodir (Abdulqodir Shakuriy) sa’y va ihtimomi bilan. Samarqand: Demurov matbaasi, 1326 hijriy – 1907 milodiy (titulda shunday)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “90” raqamli yorliq; ichki muqovada ikki muzey qog‘ozi: 1) “132 – Забдатул-ашъор … ҳикояти, Абдуқодир муаллим, 107–108; 2) … рисолаи муфида … 1907 г.” (qisman o‘qildi); 2) “Асар – Жомиъул-ҳикоёт. 108. Муаллиф – . Ношир – Мулла Абдул-Қодир. Нашриёт – Демуроф, Самарқанд. Нашр йили – 1907. Тили – форс-тожикча. Саҳифаси – 36. Ўлчови – 12,2×21. Нуқсон – ”; birinchi kitob tituli tepasida arab yozuvida qalam bilan yozilgan bir qator (o‘qilmadi); matn boshidagi sarlavha ustiga echki rasmi yopishtirilgan; ikkinchi kitob hoshiyasida pushti qalam belgisi; muqova chetlari yeyilgan
Bogʻliq eksponatlar: Bir muqovaga tikilgan 5 kitob: “Padarkush”, “Jaholat samarasi”, “Tayfun”, “Jomi’ ul-hikoyot”, “Vijdon muhokamasi”
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.