Türk Edebiyatı Tarihi. Birinci cild, III hisse: Osmanlı kısmı, on dokuzuncu asır (Turk adabiyoti tarixi. 1-jild, 3-hissa: usmonli qismi, XIX asr – so‘nggi yillari)
Ismoil Hikmatning “Turk adabiyoti tarixi” asari: birinchi jildning XIX asr usmonli adabiyotiga bag‘ishlangan uchinchi hissasi (Boku, 1925).
Mundarija; “O‘n to‘qqizinchi asr. Usmonli adabiyoti. 1324 inqilobiga qadar (1895–1908)” bobi; oxirida talaffuz jadvali (ismlarning fransuzcha yozilishi bilan).
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0186
- Turi
- kitob
- Janri
- Adabiyotshunoslik – adabiyot tarixi
- Asl nomi
- اسماعیل حكمت. تورك ادبیاتی تاریخی. برینجی جلد – III حصه (عثمانلی قسمی). اون دوقوزونجی عصر (سوڭلاری) (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Ismoil Hikmat (titulda: اسماعیل حكمت; İsmail Hikmet)
- Nashr joyi
- Boku
- Nashriyot
- Ozarnashr (آذرنشر)
- Yili
- 1925
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- titulga noshirning bosma tuzatish qog‘ozi yopishtirilgan (muallif muqaddimasida aytilganidek, “Turk adabiyoti tarixi” usmonli, turk, chig‘atoy va ozarbayjon qismlaridan iborat bo‘lishi, avval chiqqan ikki kitobda “usmonli qismi” degan qayd yanglish tushib qolgani haqida; imzo: “Ozarnashr”)
- Tili
- turk tili (usmonli turkchasi; Boku nashri)
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “77” raqamli yorliq va arab yozuvida ko‘k siyohda qo‘lda yozilgan qog‘oz yorliq: “تورك ادبیاتی تاریخی. نشری باكو. 1925 یلده” (Turk adabiyoti tarixi. Nashri Boku. 1925-yilda); kitob ichiga qo‘yilgan muzey qog‘ozi: “Асар – Турк адабиёти тарихи, I жилд, 3-қисса. 168. Муаллиф – Исмоил Ҳикмат. Нашриёт – Озарнашр, Боку. Йили – 1925. Ўлчови – 18×26,5. Тили – … Саҳифаси – …” (oxirgi qatorlar aniq o‘qilmadi); ko‘k marmar naqshli muqova, yon tomoni qora matodan
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.