Musavver Rus–Japon Seferi. Meydan Muhârebeleri, cild-i râbi’ (Rasmli Rus–Yapon urushi. Maydon muhorabalari, 4-jild)
Rus–Yapon urushi haqidagi rasmli usmonlicha nashrning to‘rtinchi jildi: quruqlikdagi janglar.
“Muhorabati barriya” (quruqlikdagi janglar): “Birinchi yapon armiyasining Yalu daryosidan o‘tishi” bobi bilan boshlanadi; yapon armiyalari bosh qo‘mondoni marshal Oyamaning surati; oxirida to‘rtta buklama xarita (“Shaho muhorabasi” va b.).
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0185
- Turi
- kitob
- Janri
- Harbiy tarix – rasmli nashr
- Asl nomi
- مصور روس – ژاپون سفری. میدان محاربهلری. جلد رابع (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- matbaachi va noshiri: Kutubxonai Islom va Askariy sohibi Tujjorzoda Ibrohim Hilmiy (titulda muallif ko‘rsatilmagan)
- Nashr joyi
- Istanbul (titulda shahar ko‘rsatilmagan)
- Nashriyot
- Kutubxonai Islom va Askariy – Tujjorzoda Ibrohim Hilmiy
- Yili
- ko‘rsatilmagan (1904–1905-yillar voqealari)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Mahmudbek matbaasi; qattiq jigarrang muqova, zarhal yozuv, muqovaga jang manzarasi surati yopishtirilgan; suratlar va buklama xaritalar bilan
- Tili
- usmonli turk tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “127” raqamli yorliq. Shu nashrning 5-jildi – AAM-0132
Elektron nusxasini varaqlash (11 bet)
Bogʻliq eksponatlar: مصور روس – ژاپون سفری، جلد خامس (Musavvar Rus–Yapon safari, 5-jild), مصور روس – ژاپون سفرى، جلد ثانى (Musavvar Rus–Yapon safari, 2-jild), مصور ١٩٠٤–١٩٠٥ روس – ژاپون سفرى (Musavvar 1904–1905 Rus–Yapon safari) – ikkinchi bosilishi
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.