مصور ١٩٠٤–١٩٠٥ روس – ژاپون سفرى (Musavvar 1904–1905 Rus–Yapon safari) – ikkinchi bosilishi

مصور ١٩٠٤–١٩٠٥ روس – ژاپون سفرى (Musavvar 1904–1905 Rus–Yapon safari) – ikkinchi bosilishi

1904–1905-yillardagi Rus–Yapon urushi haqidagi rasmli solnoma, ikkinchi bosilishi (Istanbul).

Titulga ko‘ra, urush e’lon qilinganidan sulh shartnomasigacha bo‘lgan harbiy voqealarni batafsil qamraydi; ichida suratlar va portretlar.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0255
Turi
kitob
Janri
Tarix – urush solnomasi (rasmli)
Asl nomi
مصور ١٩٠٤—١٩٠٥ روس – ژاپون سفرى (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
mualliflari – bosh shtab yuzboshilaridan A. Fuod va bosh shtab mingboshilaridan A. … (titulda: “محررلرى: اركان حربيه يوزباشيلرندن ع. فؤاد؛ اركان حربيه بيكباشيلرندن ع. …” – ikkinchi ism aniq o‘qilmadi)
Nashr joyi
Istanbul
Nashriyot
matbaachi va noshiri – “Kutubxona-i Islom va Askariy”, Bobi Oliy ko‘chasi, 56; Tujjorzoda Ibrohim Hilmiy (titulda: “كتابخانۀ اسلام و عسكرى – باب عالى جاده‌سنده نومرو ٥٦ – تجارزاده ابراهيم حلمى”)
Yili
1321 (titulda) – rumiy 1321, milodiy 1905–1906; nashrga ruxsat sanasi rumiy 1320-yil 17-nison (milodiy 1904-yil 30-aprel) bo‘lgani uchun hijriy 1321 (1903–1904) emas
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
“Ahmad Ehson” matbaasida bosilgan; Maorif nazoratining rumiy 1320-yil 17-nisondagi 336-raqamli ruxsatnomasi bilan; ikkinchi bosilishi (“طبع ثانى”). Qattiq jigarrang muqova: old muqovada xarita surati va kumushrang gul naqshi
Tili
usmonli turk
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada “302” raqamli yorliq; titul yonidagi betda muzey kartochkasi

Bogʻliq eksponatlar: مصور روس – ژاپون سفری، جلد خامس (Musavvar Rus–Yapon safari, 5-jild), Musavver Rus–Japon Seferi. Meydan Muhârebeleri, cild-i râbi’ (Rasmli Rus–Yapon urushi. Maydon muhorabalari, 4-jild), Musavver Rus–Japon Seferi. Port-Artur Hücûm ve Müdâfaası, cild-i sâlis (Rasmli Rus–Yapon urushi. Port-Arturga hujum va uning mudofaasi, 3-jild), مصور روس – ژاپون سفرى، جلد ثانى (Musavvar Rus–Yapon safari, 2-jild)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali