ایکنچی معلم (Ikkinchi muallim), 2-bosilishi
Abdulla Avloniy tuzgan, yangi usul maktablarida alifbodan keyin o‘qitiladigan o‘qish kitobi, ikkinchi bosilishi (Toshkent, “Maktab” kutubxonasi, hijriy 1333).
Muqovadagi yozuvga ko‘ra, bu – birinchi maktab shogirdlariga alifbodan so‘ng o‘qitish uchun ochiq til va oson ibora bilan yozilgan, axloqiy hikoyalar va adabiy she’rlar bilan bezatilgan o‘qish kitobi. Tuzuvchi – “shoiri Mulla Abdulla Avloniy”. Kitob toshbosma usulida bosilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0274
- Turi
- kitob (toshbosma)
- Janri
- Darslik – o‘qish kitobi
- Asl nomi
- ۲نچی معلم. ВТОРАЯ КНИГА. … مرتب: شاعری ملا عبدالله اولانی. ناشری “مکتب” کتبخانهسی. تاشکنده. حق طبعی محفوظدور. ۲نچی طبعی. ۱۳۳۳ (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Abdulla Avloniy (tuzuvchi)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- “Maktab” kutubxonasi
- Yili
- hijriy 1333 – milodiy 1914–1915
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Ikkinchi bosilishi; toshbosma; bosish huquqi himoyalangan (“haq tab’i mahfuzdur”)
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada qalam va siyohdagi qaydlar, muhr izi; ta’mir qog‘ozida kirill yozuvida «Иккинчи муаллим»
Bogʻliq eksponatlar: “Maktab” nashriyot shirkatiga kitob do‘koni ochish uchun berilgan guvohnoma (1917-yil, AAM-0259), “Maktab” nashriyot shirkatiga kitob do‘koni ochish uchun berilgan guvohnoma (1917-yil, AAM-0260)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.