Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom

Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom

Abdulla Avloniyning payg‘ambarlar qissalari va islom tarixi haqidagi asari; 1913-yilgi nashrdan kirill yozuviga o‘girilgan (Toshkent, “Fan”, 1994).

Kitobga “Odam alayhis-salomdan Muhammad alayhis-salomgacha oralarinda o‘tgan payg‘ambarlarning qissalari va zuhuri islom” deb izoh berilgan. Asarni 1913-yilgi nashrdan (Toshkent, V. M. Ilyin tipolitografiyasi) kirill yozuviga Zokirxon Afzalov Shokirxon o‘g‘li o‘girgan; muharrir – Nasiba Hojimurod qizi. Muqova ichida surat va yozuv bor: «Афзалов Зокирхон Шокирхон ўғли. Дунёю, молу мулкинг ўзингники эмас, ҳатто ўзинг ҳам отангники-сан, фақатгина Оллоҳга ибодат ўзингникидир».

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0293
Turi
kitob
Janri
Tarix – payg‘ambarlar qissalari
Asl nomi
Абдуллоҳ Авлоний. Мухтасари тарихи анбиё (ва тарихи ислом) (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Abdulla Avloniy; kirill yozuviga o‘giruvchi – Zokirxon Afzalov
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti; mas’uliyati cheklangan “Shams” jamiyati
Yili
1994
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
kirill yozuvi
Hajmi
40 bet
Muzeydagi belgilar
Muqovada “89” raqamli yorliq

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali