Ədəbijat xrestomatьjasь (Adabiyot xrestomatiyasi), VII o‘quv yili uchun
Professor A. Avloniy tuzgan, o‘rta maktablarning VII o‘quv yili uchun adabiyot xrestomatiyasi (Toshkent, O‘zdavnashr, 1933).
Mundarijaga ko‘ra xrestomatiya besh bo‘limdan iborat: Oktabrgacha adabiyot; Proletar diktaturasi davri adabiyoti; Qaytadan qurilish davrida sho‘ro adabiyoti; Qo‘shni jumhuriyatlar adabiy asarlaridan; Hozirgi g‘arbiy Yevropa adabiyotidan. Muqova dog‘langan, chetlari ta’mirlangan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0276
- Turi
- kitob – darslik
- Janri
- Darslik – adabiyot xrestomatiyasi
- Asl nomi
- PROFESSOR Ə. AVLANЬJ. ƏDƏBIJAT XRESTOMATЬJASЬ. Orta məktəblərniŋ VII oquş jьlь ycyn. ƏZDƏVNƏŞR, TAŞKENT — 1933 (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Abdulla Avloniy (tuzuvchi)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘zdavnashr
- Yili
- 1933
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- O‘lchami
- 16,3 × 22,6 sm
- Muzeydagi belgilar
- “269” raqamli yorliq ichki betlardan biriga (33-bet) yopishtirilgan; muqova dog‘li, chetlari ta’mirlangan
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.