Qo‘lyozma majmua – she’rlar va aqidaga oid turkiy risola; ichiga toshbosma kitob varaqlari tikilgan
She’rlar va aqidaga oid turkiy risola ko‘chirilgan qo‘lyozma majmua; ichiga toshbosma kitob varaqlari tikilgan.
Birinchi qismda ikki ustun qilib yozilgan she’rlar (hoshiyalarida ham qiyshiq satrlar bilan); o‘rtasida iymon va e’tiqod masalalari savol-javob tarzida bayon qilingan turkiy nasriy risola (“agar so‘rsalarki…” – “javob aygilki…” qolipida, arabcha iqtiboslar qizil siyohda); toshbosma qism betlari orasidagi bo‘sh varaqlarda qo‘lda yozilgan she’rlar, hisob-kitob va mashq yozuvlari, muhr izlari.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0179
- Turi
- qo‘lyozma (toshbosma qo‘shimcha bilan)
- Janri
- Qo‘lyozma majmua (bayoz): she’rlar va diniy-aqidaviy risola
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- qo‘lyozma; nasta’liq xati, qora siyoh, sarlavha va ajratmalar qizil siyohda; qog‘ozi sharqona, sarg‘aygan; ikkinchi yarmida sariq qog‘ozga bosilgan toshbosma she’riy kitob varaqlari (ramka ichida, ikki ustun)
- Tili
- turkiy (chig‘atoy–o‘zbek) va fors tillari
- Yozuvi
- arab yozuvi (qo‘lyozma, nasta’liq xati; bir qismi toshbosma)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “113” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “143 – Қадимги қўлёзма шеър (?) китоби. Ёзувчиси …” (davomi yopishtirilgan qog‘oz ostida, o‘qilmadi); qizil laklangan, o‘rtasida kumushrang oval naqshi bor sharqona muqova, laki ko‘chgan; birinchi varaqning yarmi yirtilgan, ko‘k qog‘oz bilan yamalgan.
Elektron nusxasini varaqlash (33 bet)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.