Bir muqovaga tikilgan 7 kitob (Elbek. “Go‘zal yozg‘ichlar”; Fitrat. “Sarf”; G‘. Ibrohimov. “Adabiyot qonunlari”; “Jug‘rofiyaning usuli tadrisi”; M. Bigiyev. “Xalq nazariga bir necha mas’ala”; Hamza. “Yangi saodat”; Tavallo. “Ravnaq ul-islom”; 1912–1925)

Bir muqovaga tikilgan 7 kitob (Elbek. “Go‘zal yozg‘ichlar”; Fitrat. “Sarf”; G‘. Ibrohimov. “Adabiyot qonunlari”; “Jug‘rofiyaning usuli tadrisi”; M. Bigiyev. “Xalq nazariga bir necha mas’ala”; Hamza. “Yangi saodat”; Tavallo. “Ravnaq ul-islom”; 1912–1925)

Bir muqovaga tikilgan yetti kitob: Elbekning “Go‘zal yozg‘ichlar”, Fitratning “Sarf”, Hamzaning “Yangi saodat”, Tavalloning “Ravnaq ul-islom” asarlari va boshqalar (1912–1925).

Bir muqovaga tikilgan 7 kitob: 1) “Go‘zal yozg‘ichlar”; 2) “O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba. Birinchi kitob: Sarf”; 3) “Adabiyot qonunlari”; 4) “Jug‘rofiyani o‘qitish usuli”; 5) “Xalq nazariga bir necha mas’ala”; 6) “Yangi saodat. Milliy ro‘mon”; 7) “Ravnaq ul-islom. Milliy she’rlardan ikkinchi juz’”.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0175
Turi
bir muqovaga tikilgan kitoblar
Janri
Bir muqovada: darsliklar, adabiyotshunoslik, diniy-ijtimoiy risola, roman va she’rlar to‘plami
Muallifi
Elbek; Fitrat; G‘olimjon Ibrohimov; Muso Bigiyev; Hamza Hakimzoda Niyoziy; Tavallo (To‘lagan Xo‘jamyorov) va b.
Nashr joyi
Toshkent; Qozon; Istanbul; Qo‘qon (?)
Nashriyot
turli nashriyotlar
Yili
1912–1925
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Qattiq jigarrang naqshli muqova, yon tomoni qizil matodan; ikki kitob toshbosma
Tili
o‘zbek, tatar va usmonli turk tillari
Yozuvi
arab yozuvi (o‘zbekcha kitoblarda – eski o‘zbek yozuvi)
Tarkibi
ئېلبېك. گوزەل یازغچلار – Go‘zal yozg‘ichlar — Elbek (titulda: ئېلبېك). Toshkent: Turkiston davlat nashriyoti, 1924-yil, noyabr; “O‘zbek bilim hay’atining nashriyotidan”; 86 bet (milliy bibliografiya bo‘yicha); فیترەت. ئوزبیك تیلی قاعیدالاری توغریسیدا بر تەجریبە. برنچی كیتاب. سەرف – O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba. Birinchi kitob: Sarf — Fitrat (titulda: فیترەت). Toshkent: O‘rta Osiyo davlat nashriyoti, 1925; “O‘zbek bilim hay’ati nashriyotidan”; 53 bet (milliy bibliografiya bo‘yicha); عالمجان ابراهیمف. ئەدەبیات قانونلاری – Ädäbiyat qanunnarı (Adabiyot qonunlari) — G‘olimjon Ibrohimov (titulda: عالمجان ابراهیمف). Qozon: 6-davlat bosmaxonasi, 1919; uchinchi bosilishi; معارف عمومیه نظارتی. جغرافیانك اصول تدریسی – Coğrafyanın Usûl-i Tedrîsi (Jug‘rofiyani o‘qitish usuli) — titulda muallif ko‘rsatilmagan; Maorifi umumiya nazorati nashri. Istanbul: Matbaai Omira, 1330 (hijriy bo‘lsa 1911–1912, rumiy bo‘lsa 1914–1915); موسی افندی بیگییف. خلق نظرینه بر نیچه مسئله – Xalıq näzarına ber niçä mäs’älä (Xalq nazariga bir necha mas’ala) — Muso afandi Bigiyev (titulda: موسی افندی بیگییف). Qozon: noshiri Muhammad Alim afandi Maqsudov; “Umid” elektr bosmaxonasi, 1912; ینگی سعادت. ملی رومان – Yangi saodat. Milliy ro‘mon — Hamza Hakimzoda Niyoziy (titulda: “محرری: حمزه حكیم زاده نیازی”). noshiri: “Madora” kutubxonasi; 1333 hijriy – 1915-yil, mart; toshbosma; titulda: “tab’ huquqi sohibiga oiddir”; nashr joyi titulda ko‘rsatilmagan (adabiyotlarda ham 1915-yil, toshbosma, “Madora” kutubxonasi nashri deb ko‘rsatiladi); توللا. ملی شعرلردن ایكنجی جزء. رونق الاسلام – Ravnaq ul-islom. Milliy she’rlardan ikkinchi juz’ — Tavallo – Mullo To‘lagan Xo‘jamyorov (titulda: “ناشر و محرری: ملا تولاگان، بتخلص توللا، خواجه‌میاروف”). Toshkent: G‘ulomiy matbaasi – G‘. H. Orifjonov litografiyasi (Литографія Г. Х. Арифджанова, Ст. г. Ташкентъ); yili titulda ko‘rsatilmagan
Muzeydagi belgilar
Muqovada “38” raqamli yorliq va arab yozuvida ko‘k siyohda qo‘lda yozilgan qog‘oz yorliq: “ئیلبیك. گوزه‌ل یازغچلار. ئوقوش كتابی، 4-نچی صنف. 1924 یل” (Elbek. Go‘zal yozg‘ichlar. O‘qish kitobi, 4-sinf. 1924-yil); ichki muqovada qalamda muzey raqamlari: “197–198, 199, 200, 201, 202, 203”. Kitob ichiga ikki alohida varaq qo‘yilgan: birida qalamda arab yozuvida ko‘chirilgan olti satrli she’r (boshlanishi: “قیشنینگ ساووق كونله‌رین قوتولیب…” – “Qishning sovuq kunlarin qutulib…”, taxminiy o‘qilishi), ikkinchisida kirillcha qaydlar (“Эл байроғи”, “Элбек”, “18–21 бетлар”, “21–22 бетлар” so‘zlari o‘qiladi) – ular keyingi davrda kitob ustida ishlagan kishining qaydlari bo‘lishi mumkin. To‘rtinchi kitob titulida binafsha siyohda arab yozuvida qo‘lda yozilgan qayd (ikki so‘z, o‘qilmadi).

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali