Bir muqovaga tikilgan toshbosma kitoblar (fiqhga oid forscha manzuma; “Nisob us-sibyon” va “Muntaxab ul-aruz”; Toshkent, 1893–1900)

Bir muqovaga tikilgan toshbosma kitoblar (fiqhga oid forscha manzuma; “Nisob us-sibyon” va “Muntaxab ul-aruz”; Toshkent, 1893–1900)

Bir muqovaga tikilgan forscha toshbosma kitoblar: fiqhga oid manzuma, “Nisob us-sibyon” va “Muntaxab ul-aruz” (Toshkent, 1893–1900).

Bir muqovaga tikilgan 3 ta toshbosma kitob: 1) fiqhga oid forscha manzuma – tahorat va namoz masalalari bayon qilingan; boblaridan birining sarlavhasi: “در بیان منهیات وضو” (“Tahoratda man etilgan ishlar bayoni”); 2) nomi bezakli titul ichida xattotlik bilan yozilgan kitob (Toshkent, 1900); 3) “Risola-i Nisob us-sibyon” (foydali ilovalar bilan) va “Risola-i Muntaxab ul-aruz” (Toshkent, 1893).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0173
Turi
bir muqovaga tikilgan toshbosma kitoblar
Janri
Bir muqovada: madrasa va maktab o‘quv kitoblari (toshbosma)
Muallifi
turli mualliflar (tarkibiga qarang)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
turli noshirlar
Yili
1311 hijriy (1893) – 1900
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Qizil laklangan, bosma naqshli, o‘rtasida oval naqshi bor sharqona muqova; toshbosma, bezakli sarlavha va ramkalar; betlarga gul rasmlari yopishtirilgan
Tili
fors tili (arabcha so‘zlar bilan)
Yozuvi
arab yozuvi
Tarkibi
Fiqhga oid forscha manzuma (tahorat va namoz masalalari bayon qilingan; boblaridan birining sarlavhasi: “در بیان منهیات وضو” – “Tahoratda man etilgan ishlar bayoni”); Nomi bezakli titul ichida xattotlik bilan yozilgan kitob (nomi o‘qilmadi). Toshkent: aka-uka Porsevlar tipo-litografiyasi (Типо-литографія бр. Порцевыхъ въ Ташкентѣ); senzura ruxsati: Sankt-Peterburg, 1900-yil 3-noyabr; رسالهٔ نصاب الصبیان مع ملحقات نافعه … مع رسالهٔ منتخب العروض – Risola-i Nisob us-sibyon (foydali ilovalar bilan) va Risola-i Muntaxab ul-aruz — “Nisob us-sibyon” muallifi – Abu Nasr Farohiy (titulda ko‘rsatilmagan); kitob oxiridagi yakuniy yozuvga ko‘ra yangi hoshiyalar bilan nashr etilgan. Toshkent: aka-uka Kamenskiylar tipo-litografiyasi (Типо-литогр. Бр. Каменскихъ въ Ташкентѣ); senzura ruxsati: Sankt-Peterburg, 1893-yil 5-iyul; 1311 hijriy (1893); titulda noshir nomi bor (Mullo Iso Muhammad … – to‘liq o‘qilmadi)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “39” raqamli yorliq; birinchi kitobning 49-beti hoshiyasida va ayrim betlar chetida qora siyohda arab yozuvida qo‘lda yozilgan qaydlar; muqova laki ko‘chgan, bir joyiga gazeta bo‘lagi yopishgan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali