Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (Ya’qub Xaliliy darsliklari: “Ta’lim us-sarf”, “Usuli hisob” 1–2-juz’lar; “Shariat nima uchun ru’yatni e’tibor etgan”; Qozon, 1909)

Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (Ya’qub Xaliliy darsliklari: “Ta’lim us-sarf”, “Usuli hisob” 1–2-juz’lar; “Shariat nima uchun ru’yatni e’tibor etgan”; Qozon, 1909)

Bir muqovaga tikilgan to‘rt tatarcha kitob: Ya’qub Xaliliyning “Ta’lim us-sarf” va “Usuli hisob” darsliklari hamda diniy-ilmiy risola.

Bir muqovaga tikilgan 4 kitob: 1) “Ta’lim us-sarf”; 2) “Shariat nima uchun ru’yatni e’tibor etgan”; 3) “Usuli hisob. Birinchi juz’”; 4) “Amaliy va nazariy Usuli hisob. Ikkinchi juz’”.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0172
Turi
bir muqovaga tikilgan kitoblar
Janri
Bir muqovada: darsliklar (arab tili sarfi, hisob) va diniy-ilmiy risola
Muallifi
Ya’qub Xaliliy va b.
Nashr joyi
Qozon
Nashriyot
“Sabah” kutubxonasi (noshir)
Yili
1909
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Qattiq pushti-oq naqshli muqova, yon tomoni qizil matodan
Tili
tatar tili
Yozuvi
arab yozuvi
Tarkibi
تعلیم الصرف – Täğlim es-sarf (Ta’lim us-sarf) — Ya’qub Xaliliy (titulda: یعقوب خلیلی). Qozon: “Sabah” kutubxonasi (noshir); Imperator universiteti tipo-litografiyasi, 1909; titulda: “rushdiy birinchi sanaga maxsusdir”; شریعت نیچون رؤیتی اعتبار ایتمش – Şäriğät niçön rö’yätne iğtibar itmeş (Shariat nima uchun ru’yatni e’tibor etgan). Qozon: “Urnek” bosmaxonasi (Казань, тип. “Урнэкъ”); yili ko‘rsatilmagan; اصول حساب. برنچی جزء – Usul-i xisab. Berençe cöz’ (Usuli hisob. Birinchi juz’) — Ya’qub Xaliliy (titulda: یعقوب خلیلی). Qozon: “Sabah” kutubxonasi (noshir); I. N. Xaritonov lito-tipografiyasi, 1909; titulda: “makotibi islomiya uchun dars kitobi”; عملی و نظری اصول حساب. ایكنچی جزء – Ğämäli vä näzari Usul-i xisab. İkençe cöz’ (Amaliy va nazariy Usuli hisob. Ikkinchi juz’) — Ya’qub Xaliliy (titulda: یعقوب خلیلی). Qozon: “Sabah” kutubxonasi (noshir); I. N. Xaritonov lito-tipografiyasi (Voskresenskaya va Kazanskaya ko‘chalari burchagi); titulda: “rushdiya maktablari uchun tartib etilgan”
Muzeydagi belgilar
Ichki muqovada muzey kartochkasi: “56 – Учебник умножение, г. Казань 1909 г. Автор Якуб Халили. Таълим Сарф” (kartochkada “ko‘paytirish darsligi” deb yozilgan; aslida birinchi kitob – arab tili sarfi darsligi). Birinchi kitob titulida qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو كتاب ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitob egasi – Abdulla Avloniy”), yonida imzo; “24 НОЯ. 1921” sana muhri; titul tepasida kirillcha qalam yozuvi (“Таълим … (учебник умножения) зарб”). To‘rttala kitobning titulida kichik dumaloq muhr izlari (har birida 2–5 ta; o‘qilmadi); “Usuli hisob” 1-juz’i titulida yana ikkita qora dumaloq gerbli tamg‘a. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali