O olmasın, bu olsun (U bo‘lmasin, bu bo‘lsin)
Uzeyirbek Hojibekovning “U bo‘lmasin, bu bo‘lsin” uch pardali operettasi, ozarbayjon tilida.
“Afrodi ahli majlis” (qatnashuvchilar ro‘yxati), birinchi majlis; oxirida muallif surati (“Узеирбекъ Гаджибековъ”).
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0169
- Turi
- kitob
- Janri
- Dramaturgiya – uch pardali operetta
- Asl nomi
- او اولماسون بو اولسون. ٣ پردهلی بر اوپهرهتتادر. مؤلف و بستهكاری عزیر بك حاجی بك اوفدر (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: О олмасунъ бу олсунъ (Не та, такъ эта). Оперетта въ 3-хъ дѣйствіяхъ. Сочин. и музыка Узейрбека Гаджибекова. Сюжетъ изъ мусульманской жизни. Постановка пьесы безъ разрѣшенія автора воспрещается. Изданіе Бр. Оруджевыхъ. Цѣна 50 коп. … Электро-тип. Бр. Оруджевыхъ, Баку. 1912 г.
- Muallifi
- Uzeyirbek Hojibekov (titulda: “مؤلف و بستهكاری عزیر بك حاجی بك اوفدر” – muallif va bastakori; Üzeyir Hacıbəyov)
- Nashr joyi
- Boku
- Nashriyot
- Aka-uka Orujovlar nashri
- Yili
- 1330 hijriy (1912)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Aka-uka Orujovlarning elektr bosmaxonasi; narxi 50 tiyin; titulda: “bu o‘yinni musannifdan ijozatsiz sahnaga qo‘yish man etiladi”; ruscha muqovada: Kavkaz noibining 1911-yil 13-iyundagi ruxsati (Tiflis)
- Tili
- ozarbayjon tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “291” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “58 [68 ustidan] – Ў ўлмасун бу ўлсун, г. Баку 1912 год. Не та, так эта, оперетта. Соч. Узеирбека Гаджибекова”. Titulning pastida qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو كتاب ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitob egasi – Abdulla Avloniy”); titulda uchta kichik dumaloq muhr izi (o‘qilmadi). Muqova yirtilgan, oq qog‘oz bilan yamalgan. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.