Al-Kofiya ma’a Harakot, Bidon, Avomil, Mu’izziy, Zanjoniy – madrasa darsliklari to‘plami (toshbosma), oxirida qo‘lyozma bilan

Al-Kofiya ma’a Harakot, Bidon, Avomil, Mu’izziy, Zanjoniy – madrasa darsliklari to‘plami (toshbosma), oxirida qo‘lyozma bilan

Arab tili sarf va nahviga oid madrasa darsliklari to‘plami (“Kofiya”, “Avomil”, “Mu’izziy”, “Zanjoniy” va boshqalar), toshbosma; oxiriga qo‘lda ko‘chirilgan matnlar tikilgan.

Arab tili grammatikasiga oid madrasa matnlari (“Kofiya”, “Harakot”, “Bidon”, “Avomil”, “Mu’izziy”, “Zanjoniy”); bosma qismdan keyin binafsha va sariq qog‘ozga nasta’liq xatida qo‘lda ko‘chirilgan matnlar tikilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0171
Turi
kitob (toshbosma, qo‘lyozma qo‘shimcha bilan)
Janri
Madrasa darsliklari to‘plami – arab tili sarf va nahvi
Asl nomi
الكافیه مع حركات، بدان، عوامل، معزی، زنجانی (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
to‘plam; nashrga tayyorlagan – Rahimxo‘ja Eshon ibn Alixo‘ja Eshon (titulda: “باهتمام رحیم خواجه ایشان ابن علی خواجه ایشان”)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
noshir – Rahimxo‘ja Eshon ibn Alixo‘ja Eshon
Yili
1896 (senzura ruxsati: Sankt-Peterburg, 1896-yil oktabr)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
toshbosma; P. F. Breydenbax litografiyasi, Toshkent (“Лит. П. Ф. Брейденбахъ въ Ташкентѣ”); titul tepasida: “Alaysallohu bi-kofin abdah”; matn ramka ichida, hoshiyalarida izohlar bosilgan
Tili
arab va fors tillari
Yozuvi
arab yozuvi (toshbosma; qo‘shimcha qismi qo‘lyozma, nasta’liq xatida)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “139” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “105 – … Автор Раҳимхўжа Эшон ибн Алихўжа Эшон. Тошкент 1896 г.” (birinchi qatori qisman o‘qildi). Bosma betlar hoshiyasida qora siyohda arab yozuvida qo‘lda yozilgan izohlar; muqova ichidagi binafsha varaqda qo‘lda yozilgan forscha bayt va so‘zlar; oxirgi muqova ichiga rasmli (dutor tasviri) qog‘oz bo‘lagi yopishtirilgan, ustida arab yozuvida qo‘lda yozilgan qaydlar; charm (?) muqova eskirgan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali