Yozuv yo‘llari. Birinchi bo‘lak

Yozuv yo‘llari. Birinchi bo‘lak

Elbekning boshlang‘ich maktabning 2–4-yil o‘quvchilari uchun imlo qoidalari darsligi, birinchi bo‘lak.

So‘zboshi va raqamlangan saboqlar (“Tovushlar”, “Unli va unsiz tovushlar”, “Tutash va uzuk tovushlar” va b.).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0167
Turi
kitob
Janri
Darslik – imlo qoidalari (boshlang‘ich maktabning 2–4-yil o‘quvchilari uchun)
Asl nomi
ئېلبېك. یازوو یوللاری. برنچی بولەك. باشلانغچ مەكتەبلەرنڭ ٢-٣-٤ یلم ئوقوغوچیلاری ئوچون ساباقلق (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Правило правописания. Язы-юляры (на узбекск. яз.)
Muallifi
Elbek (muqovada: ئېلبېك)
Nashr joyi
Toshkent (muqovada shahar ko‘rsatilmagan)
Nashriyot
Turkiston jumhuriyatining davlat nashriyoti (Turkdavnashr)
Yili
1921 (milliy bibliografiya bo‘yicha); muqovada yili ko‘rsatilmagan
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
muqova tepasida: “… Turkiston Sho‘rolar jumhuriyati”, “Butun dunyo yo‘qsullari, birlashingiz!”; unlilar maxsus belgilar bilan ko‘rsatilgan 1920-yillar boshidagi isloh imlosi; toshbosma; adadi 20 000, bepul tarqatilgan (milliy bibliografiya bo‘yicha)
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
Hajmi
30 bet (milliy bibliografiya bo‘yicha)
Muzeydagi belgilar
Orqa muqovada “274” raqamli yorliq; muqovada kirillcha qalam belgisi; muqovaning o‘rta qismi ochroq (ustidan yopishtirilgan qog‘oz izi)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali