“Şura” (Sho‘ro) jurnali, 1908-yil, 6-son

“Şura” (Sho‘ro) jurnali, 1908-yil, 6-son

Orenburgda chiqqan tatarcha “Sho‘ro” jurnalining 1908-yilgi 6-soni; muharriri – Rizouddin bin Faxriddin.

Birinchi betda “Mashhur odamlar va ulug‘ hodisalar” ruknining boshlanishi; ichida turli mamlakatlardagi gazeta-jurnallar soni haqida ma’lumot, “Eng muqaddamgi kulliya” (Fas shahridagi qadimiy madrasa haqida) maqolasi.

Turkum
Gazeta va jurnallar
Inventar raqami
AAM-0178
Turi
jurnal soni
Janri
Davriy nashr – ilmiy va adabiy jurnal (15 kunda bir chiqqan)
Asl nomi
شورا. نومر ٦. ١٥ مارت ١٩٠٨ – صفر ٢٥، ١٣٢٦، شنبه. اورنبورغده اون بیش كونده بر چیققان علمی و ادبی مجموعه‌در (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Редакція “ШУРО”, Оренбургъ. Rédaction du “Chouro”, Orenbourg. Типо-лит. Т-ва Каримовъ, Хусаиновъ и К°, Оренбургъ
Muallifi
jurnal; muharriri Rizouddin bin Faxriddin; noshirlari Muhammad Shokir va Muhammad Zokir Romiyevlar
Nashr joyi
Orenburg
Nashriyot
noshirlari: Muhammad Shokir va Muhammad Zokir Romiyevlar
Yili
1908 (15-mart; 25 safar 1326 hijriy)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
“Karimov, Husainov va sheriklari” matbaasi, Orenburg; obuna narxi: yilligi 4 so‘m, olti oyligi 2 so‘m 20 tiyin; “Vaqt” gazetasi bilan birga oluvchilarga – yilligi 7 so‘m, olti oyligi 3 so‘m 80 tiyin
Tili
tatar tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Birinchi betda “314” raqamli yorliq; tepasida kirillcha qalam yozuvi: “Акт № 431”; birinchi varaqning pastki yarmi yirtilgan, chetlari uvalangan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali