Maorif va o‘qitg‘uvchi jurnali. 1927-yil sonlari – jild

Maorif va o‘qitg‘uvchi jurnali. 1927-yil sonlari – jild

O‘zbekiston Maorif komissarligining ta’lim-tarbiya jurnali – 1927-yil sonlari bir jildga tikilgan; jild ikkinchi yil nashrining 1–2 (25–26)-soni (fevral–mart) bilan boshlanadi.

O‘zbekiston Maorif komissarligining oyda bir chiqadigan ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy, ilmiy, fanniy va adabiy o‘zbekcha jurnali. Jildda 1927-yilning bir necha soni bor; har biri o‘zbekcha muqova va titul, ayrimlari ruscha titul bilan boshlanadi (ruscha titulda: “Маориф ва Окутучи” (Просвещение и Учитель), ежемесячный журнал; ulardan birida 11-son ko‘rsatilgan). Sonlarda maqolalar bilan birga fotosuratlar ham bosilgan. Ichki muqovada kirillcha kutubxona yorlig‘i bor. Skanerda 104 bet. Muzeyning uzun pastki vitrinasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Turkum
Gazeta va jurnallar
Inventar raqami
AAM-0320
Turi
jurnal sonlari (jild)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston Maorif komissarligi
Yili
1927
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida
Soni
1
Holati
Yaxshi

Elektron nusxasini varaqlash (104 bet)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali