شهرت (Shuhrat) gazetasi, 5-son

شهرت (Shuhrat) gazetasi, 5-son

Abdulla Avloniy 1907-yilda Toshkentda chiqara boshlagan “Shuhrat” gazetasining 5-soni (1908-yil 8-yanvar).

Sarlavha yonidagi yozuvga ko‘ra, gazeta “hozirda haftada bir, yaqinda ikki martaba chiqadurg‘on milliy, adabiy, fanniy, ma’ishiy va siyosiy turkiy g‘azeta” bo‘lgan. Shiori – “Utlubul ilma valav bis-Sin” hadisi va uning tarjimasi: “Talab qilingiz ilmni, Chin mamlakatida bo‘lsa ham”. Ta’sis sanasi – hijriy 1325-yil 9-zulqa’da (milodiy 1907-yil 1-dekabr). Idoraning ruscha manzili: «Ташкентъ, Саперная ул., № 35, ред. газеты „ШУГРАТЪ“». Bir nusxasi 5 tiyin. Gazetaning 1-soni saytning “Asarlar” bo‘limida berilgan.

Turkum
Gazeta va jurnallar
Inventar raqami
AAM-0279
Turi
gazeta
Janri
Gazeta
Asl nomi
شهرت (gazetaning o‘z yozuvida); ruscha: „ШУГРАТЪ“
Nashr joyi
Toshkent
Yili
hijriy 1325-yil 17-zulhijja, seshanba – milodiy 1908-yil 8-yanvar (yangi hisobda 21-yanvar)
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)

Elektron nusxasini varaqlash (9 bet)

Bogʻliq eksponatlar: آسیا (Osiyo) gazetasi, 2-son

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali